Joriy yilda qovun va tarvuz eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 45,1 ming tonna (3,0 b.)ga ko‘paygan. O‘zbekiston joriy yilning yanvar-iyun oylari mobaynida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar: Qozog‘iston – 39,2 ming tonna Rossiya – 15,1 ming tonna Qirg‘iziston – 11,1 ming tonna Belarus – 1,1 ming tonna Boshqa davlatlar – 1,3 ming tonna. O‘zbekiston va Аfg‘oniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari haqida
Аfg‘oniston iqtisodiy rivojlanish uchun katta salohiyatga ega. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Аfg‘onistonda foydali qazilmalarning umumiy qiymati 1 trln.dan 3 trln.dollargacha bo‘lishi mumkun. O‘zbekiston Аfg‘oniston bilan savdo, transport, energetika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishdan va ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy munosabatlarga jalb etishdan manfaatdor, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.
2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston va Аfg‘oniston oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8%ga o‘sib, 369,2 mln.ni, eksport hajmi 3,9%ga oshib, 364,2 mln.ni, import hajmi esa 3,2 baravar ortib, 4,6 mln. dollarni tashkil qildi.
2021 yilda Аfg‘oniston jami 310,6 mln. dollarlik un import qilgan bo‘lib, shundan 280 mln. dollari (90%i) O‘zbekistondan, shuningdek, 149,4 mln. dollarlik elektr energiyasi importining 91,5 mln. dollarlik qismi (61%i) O‘zbekistondan amalga oshirilgan.
O‘zbekiston va Аfg‘oniston o‘rtasida eksport-import va tranzit yuk oqimiga ko‘maklashish maqsadida Termiz shahrida Аfg‘oniston bilan chegaradan 2 km masofadagi qariyb 50 gektar maydonda bojxona terminaliga ega “Termiz Kargo” xalqaro logistika markazi tashkil etildi.
“Mozori-Sharif-Kobul–Peshovar” temir yo‘lining uzunligi 760 km ga teng bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilgacha bo‘lishi mumkin. Loyihani amalga oshirish uchun 4,8 milliard dollarga yaqin kredit mablag‘larini jalb qilish kerak.
Аfg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun to‘siq emas, balki ko‘prik bo‘lishi kerak, degan maqsaddan kelib chiqish zarur. Bunga esa O‘zbekiston xalqaro sheriklar bilan birgalikda ilgari surmoqchi bo‘lgan transafg‘on transport-kommunikatsiya loyihalari xam yordam beradi. Mikromarkazlar foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga tashkil etilgan mikromarkazlar obʼektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.