Qonunchilikdagi_yangiliklar
Mahallalarda mikromarkazlar tashkil qilinadi
“Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–331-son, 25.07.2022 y.) qabul qilindi.
🏢 Qaror bilan jami 421 ta mahallada yuridik shaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlar tashkil etiladi.
🔰 Mikromarkazlarni tashkil qilish uchun davlat mulki obʼektlari va yer quyidagi shartlar asosida tadbirkorlarga 5 yil muddatga ijaraga beriladi:
🔹o‘z mablag‘lari hisobidan obʼektni rekonstruktsiya qilish yoki kapital taʼmirlash yoxud yer uchastkasida bino-inshootlarni qurish;
🔹mikromarkazda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 10 ta yoki chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 ta ish o‘rnini yaratish va taʼminlab borish.
❕Mikromarkazlar foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga tashkil etilgan mikromarkazlar obʼektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
Toyloq tuman hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Sanaqulov Bahodirjon Toʻlqin oʻgʻli — tuman hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Mazkur tayinlovgacha, B. Sanaqulov Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi eksportga koʻmaklashish va investitsiyalarni jalb etish sektor mudiri lavozimida ishlagan.
27.07.2022
!E’LON!!!
Ertaga 22-iyul kuni soat 10:00 da “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan tashkil etilayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi tadbirkorlar va mutaxassis ekspertlar ishtirokida sohadagi muommolar va tadbirkorlarning taklif va istaklarini aniqlash maqsadida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan videokonferensaloqa orqali uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan
Dostları ilə paylaş: |