Oiv infeksiyasi va oits ning oldini olish



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2022
ölçüsü75,5 Kb.
#120067
  1   2
1403279549 44407


OIV infeksiyasi va OITS ning oldini olish


reja:


1. OITS/OIV.
2. OIV ning yuqish yo`llari.
3. OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.
4. OIV infeksiyasi va OITS ning yashirin (inkubatsion) davri.
5. O`zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishning sanitariya qoidalari va me`yorlari.

OIV - оdam immuntanqislik virusi;


OIV yuqtirganlar – odam immuntanqislik virusi bilan zararlanganlar;
OIV infeksiyasi - odamga OIV yuqishi natijasida vujudga keladigan o`ta xavfli yuqumli kasallik;
OITS – Odam immunitet tanqislik sindromi, OIV infeksiyasining terminal (og`irlashgan) davri.
OIV infeksiyasi kasalligi va OITS keyingi 30 yil davomida jahonning barcha mamlakatlari aholisi o`rtasida tarqalib, yildan-yilga to`xtovsiz ko`payib, millionlab odamlar sog`lig`i va umriga zomin bo`lmoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, 2008 yil oxirida yer yuzida OIV infeksiyasi, OITS bilan kasallangan odamlar soni 30 milliondan oshgan.Ularning ko`p qismi Afrika, Amerika qit`asiga, Yevropa, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to`g`ri keladi.
O`zbekiston Respublikasi dunyodagi OIV/OITS eng kam tarqalgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shunday bo`lsada, bu bedavo dard bilan xastalanganlar soni ko`payishining oldini olish uchun mamlakatimiz hukumati xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida, OIV/OITS tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng ko`lamli chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Buning boisi shundaki, dunyo mamlakatlarida OIV ni o`ziga yuqtirganlar va OITS bilan kasallanib, hayotdan ko`z yumayotganlar soni to`xtovsiz ko`payib borayotgani, bizning mamlakatimiz va xalqimiz tinchligi va osoyishtaligiga ham xavf-xatar solayapti. Chunki, respublikamiz jahonning ko`plab mamlakatlari bilan chambarchas aloqada. Hamyurtlarimiz xorijga borib-kelishayapti, xorijliklar yurtimizga kelib ketayapti. Shuning uchun, doim-hushyor, ogoh bo`lishimiz lozim. Bu masalada beparvolik, e`tiborsizlik, mas`uliyatsizlikka aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi.
OIV – odam immuntanqislik virusiga qarshi dunyoning hech qaysi mamlakatida vaksina ishlab chiqarish usuli bugungi kungacha topilgan emas. Bu borada jahonda ko`plab ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari izlanish olib bormoqdalar, ammo hozircha natija yo`q. OIV yuqishi natijasida yuzaga keladigan OIV infeksiyasi va OITS kasalligini davolash masalasi ham dunyo miqyosidagi o`ta murakkab muammo bo`lib qolmoqda. Masalan, AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.
Ko`rinib turibdiki, OIV infeksiyasi kasalligi dunyoda global muammo hisoblanadi. Shu bois, asosiy e`tibor OIV yuqishining oldini olishga qaratilishi lozim. Buning uchun har bir odam, o`smirlik yoshidagi maktab o`quvchisidan tortib, to keksa yoshdagilargacha, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi zarur. Infeksiyaning yuqish yo`llarini yaxshi bilgan odam, albatta virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`radi. Virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasi-ni ko`rish bilan birga, bu haqda u o`zining yaqinlariga ham tushuntiradi, ularni ogoh qiladi.
Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan 1988 yilda “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash”kuni deb belgilangan.
OIV - odam immuntanqislik virusi. Uning sog` odamga yuqishi tufayli, OIV infeksiyasi kasalligi va uning terminal (og`ir) davri OITS – orttirilgan immunitet tanqislik sindromi vujudga keladi.
Mazkur virusni dunyoda birinchi bo`lib, ikki guruh olimlar, bir-birilari bilan bog`lanmagan holda, Fransiyada Paster nomidagi Parij instituti professori Lyuka Montan`e boshchiligidagi olimlar guruhi va AQSh da professor Robert Galo rahbarligidagi olimlar guruhi1983 yilda aniqlaganlar.
Fransiya olimlari virusni OITS bilan kasallangan bemorning limfa tugunlarida, AQSh olimlari esa virusni OITS bilan kasallangan bemorning qonidagi limfotsitlarda (oq qon tanachalarida) aniqlaganlar.
Bu ikki guruh olimlar tomonidan aniqlangan “odamda im-muntanqislik holatini” vujudga keltiradigan virusning genetik tuzilishi bir xil bo`lgani uchun, Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining maxsus qarori bilan, mazkur virusga “Odam immuntanqislik virusi” – “OIV” deb nom berildi.
Ma`lumotlarga ko`ra bu virus ko`p asrlar davomida maymun tanasida yashab, unda kasallik qo`zg`atgan. Lekin odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lmagan. Tashqi muhitning ekologik o`zgarishlari ta`sirida virus mutatsiyaga uchrab, u odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lgan.
Bu virus boshqa viruslar singari hujayraviy tuzilishiga ega emas. U nuklein kislota (DNK yoki RNK) va oqsil moddadan tashkil topgan.
Virus yashashi, rivojlanishi, ko`payishi uchun zarur bo`lgan ashyoni tekinxo`rlik bilan odam organizmidan, aniqrog`i, limfa tugunlari, T-Limfotsitlar va Monotsitlardan (oq qon tanachalaridan) oladi.
Virusning hajmi juda mayda: 100-120 nm. Bir tiyinlik tanga maydoniga–bir necha million virus joylashishi mumkin.
Virus juda tez ko`payib, bir kunda taxminan bir milliardgacha ko`payishi mumkin.
Virus tashqi muhit ta`siriga chidamsiz. U bilan zararlangan buyumlarni 100 darajada qaynatganda 15 minutda, 56 darajada isitganda 30 minutda o`ladi.
Virus dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta`siriga chidamsiz: u 70 foizli etil spirti, 5 foizli xloramin, 6 foizli peroksid vodorod, atseton ta`sirida shu zahotiyoq o`ladi.
Ammo, virus sovuq ta`siriga nihoyatda chidamli: u muzlatilgan qon zardobida 10 yilgacha saqlangani ma`lum.
Ta`kidlash lozimki, 2008 yil 10-dekabr kuni 2008-yilning Nobel mukofoti sovrindorlari taqdirlandi. Tibbiyot sohasida Fransiya olimlari Lyuka Montan`e va Fransuaza Barr OITS ni vujudga keltiruvchi virusning tarkibiy qismlarini aniqlashda qilgan xizmatlari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo`lishdi.
OIV ning yuqish yo`llari.
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishda OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilish muhimdir. Chunki, virusning odamga qanday yo`llar orqali yuqishini bilgandagina har bir odam uni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`rishi oson bo`ladi.
Avvalo, aytish kerakki, OIV sog` odamga, asosan, virus tashib yuruvchi, lekin vaqtincha kasallanmagan odamdan hamda OITS bilan xastalangan bemordan yuqadi.
OIV ning yuqish yo`llari quyidagilardir:
1.Jinsiy yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirib, vaqtincha kasallanmagan , lekin sog` holatda virusni o`zida tashib yuruvchi odam (erkak yoki ayol) bilan jinsiy munosabatda bo`lish;
- shuningdek, OITS bilan kasallangan, lekin kasallik yengil kechayotgan bemor bilan uning kasal ekanini bilmagan holda jinsiy munosabatda bo`lish natijasida sog` odam o`ziga OIV ni yuqtirib olishi mumkin.
2. Parenteral yo`l. Bu OIV ning tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda donor qoni va qon zardobidan yuqishini o`z ichiga oladi:
- bir martalik shpris bilan bir kishiga in`eksiya qilingach, uni kuydirib yuborish o`rniga, shu shpris va uning ignasidan, boshqa kishiga in`eksiya qilish uchun foydalanish;
- stomatologik, jarrohlik, travmatologik, ginekologik, LOR, ko`z, me`da-ichak va boshqa kasalliklarda ishlatiladigan tibbiy asboblarni shifokor bir bemorga qo`llagandan keyin sterillamasdan (zararsizlantirmasdan) boshqa bemorga ishlatishi;
- sartaroshlik pokisi bilan bir kishining soqolini olgandan keyin, uni zararsizlantirmasdan (dezinfeksiyalovchi eritmaga botirib qo`ymasdan) boshqa kishiga ishlatish;
- ayollarning kosmetik muolajalari: pirsing, tatuaj, manikyur, pedikyur asboblarini bir kishiga qo`llagandan keyin, zararsizlantirmasdan boshqa kishiga qo`llash;
-qiz bolaning qulog`ini teshadigan ignani zararsizlantirmasdan bir necha qizchalarni qulog`ini teshish uchun foydalanish;
- o`g`il bolani xatna qilganda, pokini zararsizlantirmasdan bir necha bolalarga qo`llash;
- donor odam qonini yoki qon zardobini OIV ni aniqlash bo`yicha laboratoriya tekshiruvidan o`tkazmasdan, og`ir kasallik bilan xastalangan yoki jarohatlangan boshqa bemorga davolash maqsadida quyish.
3. Vertikal yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan ayol homilador bo`lsa, u o`zining qonidagi OIV ni homilasiga va chaqalog`iga quyidagi yo`llar orqali yuqtirishi mumkin:
- prenotal davrda, ya`ni homilaning ona qornida rivojlanish davrida, ona qonidagi virus kindik tomirlari (yo`ldosh) orqali homilaga yuqadi. Natijada, homila virus tashuvchi sifatida yoki OITS bilan kasallangan bemor holatida tug`iladi;
- ayol qonidagi virus chaqaloqning tug`ilish jarayonida, tug`ish yo`llarining jarohatlaridan chaqaloqqa yuqadi;
- OIV bilan zararlangan ayol o`zining bolasini yoki boshqa ayolning bolasini ko`krak suti bilan emizganida sut tarkibidagi virus bolaga yuqadi.
4. Ingliz mutaxassis shifokorlarining ma`lumotiga ko`ra “o`ta sevishgan erkak va ayol bir-birining lablarini so`rib o`pishganlarida” birining so`lagidagi va labining qon tomirlaridagi virus ikkinchisiga o`tishi mumkin.
OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.
OIV aniqlanganiga chorak asrdan ko`proq vaqt o`tdi. AQSh da OITS bilan kasallangan birinchi bemorlar ro`yxatga olinganiga 30 yil bo`ldi.
Ammo, hozirgi kunda, OIV ga qarshi ta`sir ko`rsata oladigan vaksina dunyo mamlakatlarining birontasida ishlab chiqilgani yo`q. Ma`lumotlarga ko`ra, OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun bir yilda 20 million so`m mablag` sarflanadi. Davolash jarayoni esa bir necha yil davom etadi. AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.
Yuqorida bayon etilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, mamlakatimiz aholisini, birinchi navbatda yoshlarni, OITS kasalligidan asrashning asosiy chorasi har bir odamni OIV yuqishidan himoya qilishdir.
Muhtaram Prezidentimizning “O`zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2008 yil 26-dekabrdagi PK-1023-sonli Qarori aynan ana shu maqsadga qaratilgan.
Davlatimiz rahbarining mazkur qarorini bajarish uchun yurtimizning har bir fuqarosi, birinchi navbatda, maktablarning yuqori sinf o`quvchilari, kollej, litsey va oliy ta`lim muassasasi talabasi, shuningdek, yetuklik yoshidagi yigit va qiz, qolaversa o`rta va keksa yoshdagi erkak va ayol quyidagilarga amal qilishi lozim:
- birinchidan, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi va doim yodida saqlashi;
- ikkinchidan, kundalik turmush jarayonida, OIV ning yuqish xavfi bo`lgan vaziyatlarga duch kelganda hech qanday his-tuyg`ularga berilmasdan, dadillik va shijoat bilan o`zining bilimi, tushunchasi, faolligi va fidoyiligini namoyon etib, xatarli vaziyatni bartaraf etishga harakat qilishi kerak. Bu bilan o`zini va boshqalarni OIV yuqishidan himoyalashga hissa qo`shgan bo`ladi. Masalan, sartarosh bir kishining soqolini olib, pokini zararsizlantirmasdan boshqaning soqolini olayotganiga duch kelganda yoki stomatolog bir kishiga ishlatgan asbobni almashtirmasdan, boshqa kishiga ham ishlatayotganini ko`rgan vijdonli odam, uning xatosini aytishi va bu xatoni bartaraf etishga hissa qo`shishi kerak.
Yuqorida bayon etilganlar asosida, OIV ning oldini olish masalasi, uning yuqish yo`llariga to`siq qo`yish (barham berish) orqali amalga oshirilishi lozim.
Bu vazifa quyidagi tartibda bajarilishi mumkin.
Birinchi, OIV ning jinsiy yo`l orqali yuqishining oldini olish.
Bu masalada AQSh, Yevropa mamlakatlarining mutaxassis shifokorlari, notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lganda, himoyalanish g`ilofi (prezervativ)dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu bir tomondan to`g`ridek tuyuladi.
Ammo, bizning milliy urf-odatimiz, shariyatimiz, xalqimizning ma`naviy-axloqiy xususiyati (mintaliteti) ga ko`ra erkak yoki ayolning notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lishi, sha`nimizga munosib emas. Agar yurtimizning har bir fuqarosi, yoshidan qat`iy nazar, millatimizning ana shu ma`naviy-axloqiy xususiyatiga amal qilsa, uning poymol bo`lishiga jur`at etmasa, OIV ning jinsiy yo`l bilan yuqish xavf-hatariga, yurtimiz aholisi o`rtasida mutloq barham berilgan bo`ladi.
Afsuski, ayrim yoshlar vaqtinchalik ko`ngilxushlik, kayfu-safo, ulfatbozlikka berilib, tuzatib bo`lmaydigan xatoga yo`l qo`yadilar, oqibatda kelajaklarini barbod qiladilar.
Ana shunday nosog`lom turmush tarziga moyilligi bo`lgan yoshlarga saboq bo`lishi uchun quyidagi misolni bayon qilish lozim topildi.
Respublikamiz viloyatlarining birida bo`lib o`tgan achinarli voqea haqida, “Xalq so`zi” gazetasining muxbiri Istam Ibrohimov (2009 yil 2-may) shunday ma`lumot bergan:
...Bo`lg`usi kelin-kuyov to`ydan avvalgi tibbiy ko`rikdan o`tganlaridan keyin, shifokor kuyov bo`lmish Mahmudjon bilan yolg`iz suhbatda, OIV infeksiyasi bo`yicha qayta tekshiruvdan o`tishi zarurligini aytdi. Keyinchalik yigitning o`ziga OIV yuqtirganligi ma`lum qilindi.
Mahmudjon avvaliga meni hech narsa, hech qanday kasallik bezovta qilayotgani yo`q deya, o`ziga OIV ning yuqtirganligini inkor qildi. So`ngra chuqur o`ylab olgach, ulfatlari bilan tongotar bazmlarda maishat qilishi, bunday kechalarda notanish ayollar ham qatnashganligi va ular bilan yaqin munosabat o`rnatgan paytlari ko`p bo`lganini yodiga oldi. U bo`lib o`tgan voqeani tan olgach, shifokordan bu haqda boshqalarga aytmaslikni iltimos qildi.
- Bu mumkin emas dedi, shifokor. Siz OIV ni yuqtirib olganingizdan bo`lg`usi qaylig`ingiz boxabar bo`lishi shart. Chunki qonunga ko`ra, har bir odam o`ziga OIV yuqtirganini bila turib, boshqa kishiga (ayni paytda qaylig`iga) virusni yuqtirishi jinoyat hisoblanadi, dedi shifokor.
Shu bois, Mahmudjon o`ziga OIV yuqtirganini bo`lg`usi qaylig`iga bildirishi shart. O`shanda bo`lajak kelin bo`lmish qiz, unga tur-mushga chiqishga rozi bo`lsa, nikohdan o`tishi mumkinligi ma`lum qilindi.


Sanpin 0342-17

8. Jarrohlik maydonini davolash




8.1. Jarrohlikdan oldin bemorning jarrohlik maydonini qayta ishlashda va terining va shilliq pardalarning yaxlitligini buzish bilan bog'liq boshqa manipulyatsiyalarda (turli bo'shliqlarning teshilishi, biopsiya) bo'yoq bilan alkogolli teri antiseptiklariga ustunlik berish kerak.


8.2. Jarrohlik joyi yaqinidagi yoki atrofidagi sochlar operatsiyaga xalaqit bermasa, operatsiyadan oldin sochlarni olib tashlamaslik kerak. Agar ularni olib tashlash kerak bo'lsa, unda bu operatsiyadan oldin, depilatorlar (kremlar, jellar) yoki terini shikastlamaydigan boshqa usullar yordamida amalga oshirilishi kerak. Favqulodda holatlarda soch kesish va tarashga ruxsat beriladi.


8.3. Antiseptik bilan davolashdan oldin jarrohlik maydonining terisini yaxshilab yuvish va tozalash va aniq ifloslanishni olib tashlash uchun uning atrofidagi joyni tozalash kerak.


8.4. Jarrohlik maydonini davolash ko'rsatmalarda tavsiya etilgan dezinfeksiya vaqtida terini antiseptik: etil spirti 97 daraja, yodonat, yodopiron, xlorheksidin biglyukonat eritmasi yoki ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan boshqa preparatlar bilan namlangan alohida steril doka salfetkalar bilan artib olinadi. / ma'lum bir agentdan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar.


8.5. Jarrohlikdan oldin buzilmagan terini davolashda teri antiseptikini markazdan periferiyaga, yiringli yara bo'lsa, steril tamponlar bilan markazdan markazga konsentrik doiralarda qo'llash kerak.


8.6. Tayyorlangan maydon, agar kerak bo'lsa, kesishni davom ettirish yoki drenajlarni o'rnatish uchun yangi kesmalar qilish uchun etarlicha katta bo'lishi kerak.

8.7. Yodonatning ishchi eritmalari qaynatilgan yoki steril suv bilan 5 marta suyultirilgan (nisbati 1:5) bilan ex tempore tayyorlanadi.




8.8. Jarrohlik maydonining terisini izolyatsiya qilish uchun steril choyshablar, sochiqlar, peçeteler ishlatiladi. Antimikrobiyal qoplamali maxsus kesiluvchi jarrohlik plyonkasi ham ishlatilishi mumkin, bu orqali teri kesiladi.

9. ANAEROB INFEKTSION BO'LGAN Bemorlar Xonasidagi SANITAR-GIGIENIK REJIM.




9.1. INFEKTSION manbai har qanday shaklda gazli gangrena bilan og'rigan bemorlardir: emfizematoz, shish-toksik, aralash va gaz-yiringli.


9.2.Gazli gangrenaning qo'zg'atuvchisi patogen klostridiyalar - anaerob sporali tayoqchalar turkumiga kiradi. Qoida tariqasida, mikroblar assotsiatsiyasi patogen klostridiya yoki patogen va past patogenli klostridiya aralashmasidan, shuningdek, aerob bakteriyalar bilan klostridiya aralashmasidan iborat bo'lishi mumkin: oltin stafilokokk, ichak tayoqchasi, Proteus.


9.3. Infektsiyani yuqtirishning asosiy yo'li kontaktdir. INFEKTSION gazli gangrena shikastlangan teriga yoki shilliq pardalarga tuproq, iflos choyshab, kiyim-kechak bilan tushganda, sterilizatsiya qilinmagan asboblar, shpritslar, ignalar, tikuv va bog'lovchi materiallardan foydalanganda, shuningdek tibbiy xodimlarning davolanmagan qo'llari orqali sodir bo'lishi mumkin.

9.4. Gazli gangrena bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun alohida bo'limlar ajratilgan.




9.5. Anaerob infektsiyasi bo'lgan bemorlar uchun barcha xonalar devor yoki ship bakteritsid lampalari bilan jihozlangan.

9.6. Zarur bo'lganda, tez yordam xonasida bemor to'liq yoki qisman sanitarizatsiyadan o'tadi: dush qabul qiladi, tirnoqlarini kesadi va hokazo.




9.7. Bemorni qabul qilishdan oldin va bo'shatilgandan so'ng, karavot, yotoqxona stoli, ko'rpa-to'shak (agar mavjud bo'lsa) 0,5% yuvish vositasi bilan 7% vodorod periks eritmasi bilan mo'l-ko'l namlangan latta bilan artib olinadi. To'shak bakteriyalarning spora shakllari uchun rejimga muvofiq kamera dezinfektsiyasidan o'tgan choyshablar bilan to'ldiriladi.


9.8. Ishlatilgandan so'ng, idishlar oziq-ovqat qoldiqlaridan tozalanadi, 2% soda eritmasiga namlanadi va 20 daqiqa davomida qaynatiladi, keyin suv bilan yuviladi va yopiq shkafda saqlanadi.


9.9. Xonalar kuniga kamida 2 marta 0,5% detarjen bilan 7% vodorod periks eritmasi yordamida nam usul yordamida tozalanadi.


9.10. O'rim-yig'im materiallari (chelaklar, lavabolar, lattalar va boshqalar) belgilangan va qat'iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ishlatilgandan so'ng, lattalar 2 kgf / sm2 (132 ° C) da 20 daqiqa davomida avtoklavlanadi.


9.11. Jarroh, protsessual opa kiyinish xonasiga kirishdan oldin niqob, xalat, poyabzal kiyib oldi. Operatsiya yoki kiyinish paytida moyli apron kiyiladi, u har bir operatsiyadan yoki kiyinishdan keyin 0,5% yuvish vositasi bilan 7% vodorod periks eritmasiga mo'l-ko'l namlangan latta bilan artiladi.

9.12. Jarrohlik va kiyinish materiallarini dezinfektsiyasiz tashlash qat'iyan man etiladi.




9.13. Jarrohlik kiyinish xonasi kuniga kamida 2 marta 0,5% detarjen bilan 7% vodorod periks eritmasi yordamida nam usul bilan tozalanadi. Joriy tozalash vaqtida shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak.


9.14. Giperbarik oksigenatsiya seansi davomida bemorga kichik to'shak va bosh suyagi kabi individual choyshablar beriladi. Agar ushbu talabni bajarishning iloji bo'lmasa, axlat moyli mato yoki plyonka bilan qoplangan. Sessiyadan keyin

Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin