Mifologiya osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g`alaba qila oluvchi zo`r kuch va qudrat haqidagi orzu-umidlarning in’ikosidir. “Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni sovuqqa qarama-qarshi qo`yib, baxt o`lkasi va baxtsizlik o`lkasi degan miflarni yaratganlar. Go`yo tabiatda ulug` va foydali kuchlar-quyosh va suv abadiy bo`lgan o`lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo`lgan o`lka bor emish. Ko`pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o`lka va ular o`rtasidagi kurash fonida gavdalanadi”.

Antik madaniyatning barcha Yevropa xalqlari taraqqiyotiga ko`rsatgan ta’siri mutlaqo shak-shubhasizdir. Shuni e’tirof etish kerakki, mo`jazgina grek xalqining miflari umumbashariy madaniyat asosini tashkil etgan holda ohanrabo qudratiga molik bo`lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga juda chuqur kirib borgandir. Badiiy adabiyotda kuchli inson Gerkules (greklarda Gerakl)ga, jasur va barqaror ayol amazonkaga o`xshatiladi. Rassomlar, shoirlar va haykaltaroshlarni dastavval mifik timsollarning teranligi va badiiyligi jalb etadi. Odamlarga ta’sir etadigan o`sha kuch-qudrat izohi faqat yunon mifologiyasida mujassamdir deyish tamoman o`rinli emas. Chunki mifologiya qadimgilarning yerda hayotda paydo bo`lishini, tabiatdagi stixiyali hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo`lgan urinishi sifatida, inson o`z atrof-muhitidagi o`rnini aniqlashga ojiz bo`lgan davrda paydo bo`lgan edi.