O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANGREN UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Angren universiteti rektori K.O.Sindarov _________________ “___” “____” 2023 y.
“BIOFIZIKA ”
FANI BO`YICHA
SILLABUS
Kunduzgi bo`lim uchun
Bilim sohasi:
900 000
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi:
910 000
- Sog‘liqni saqlash
Ta’lim yo‘nalishi:
60910200
- Davolash ishi
Angren - 2023 Modul / FAN SILLABUSI 60910200- Davolash ishi
Fan nomi:
Biofizika
Fan turi:
Majburiy
Fan kodi:
BF1104
Yil:
1
Semestr:
1
Ta`lim shakli:
Kunduzgi
Mashg`ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
120
Ma`ruza:
12
Amaliy
32
Laboratoriya mashg`ulotlari:
16
Mustaqil ta`lim:
60
Kredit miqdori:
4
Baholash shakli:
Imtihon
Fan tili:
O`zbek
Fan maqsadi (FM)
FM1
Talabalarni biofizikaning asosiy qonun - qoidalari, hamda nazariy, amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan biofizik tushunchalar bilan tanishtirish, yangiliklarni mustaqil o‘rganib, uning tadbiqlarini o‘zlashtira olishga o‘rgatish, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, ijodiy izlanishlarga va davolash ishining istiqbollarini biofizikaviy tushunchalar yordamida bayon qila olishga o‘rgatishdan iborat.
Shunigdek talabalarga organizmdagi a’zo va tizimlar faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, organism, a’zo va to‘qimalarida turli kasalliklarning paydo bo‘lishi jarayonlari asosida fizikaviy o‘zgarishlarning birlamchiligini ko‘rsatishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun modul talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fanni o`zlashtirish uchun zarur boshlang`ich bilimlar
1.
Fizika
2.
Biologiya
3.
Biofizika
Ta`lim natijalari (TN)
Bilimlar jihatidan:
TN1
Asosiy fizik va biofizik hodisalar va g‘oyalarni o‘rganish, hozirgi zamon va klassik fizikaning fundamental tushunchalari, qonunlari va nazariyalarini o‘zlashtirish;
TN2
Fizika va boifizikaaning harakat qonunlari, saqlanish qonunlarini, akustikaning fizikaviy asoslari, tovushning tabiatini, gidrodinamika, termodinamikaning uch qonuni, holatning termodinamik funksiyalarini, issiqlik-massa almashinuvi jarayonlarida o‘xshashlik nazariyasini qo‘llanshi haqida bilimga ega bo`lishlari kerak;
TN3
yorug’lik, korpuskulyar-to‘lqin dualizmi, yorug‘likning qaytish va sinish qonunlarini, davolash ishlarida yorug’lik nurlanishlarining ahamiyati haqida bilimga ega bo`lishlari kerak;
TN4
hamda mexanik to‘lqinlari, elektromagnit maydon va elektr tokininig inson organizmga ta’siri, tibbiyotda endoskopik, elektron mikroskopiya, tolali optika, exo grafiya asboblari va tibbiy tomografiya apparatlarining ishlash prinsiplari, radio to‘lqinli jarrohlik amaliyoti haqida bilishlari kerak.
Ko`nikmalar jihatidan:
TN5
Fizikaviy modellarni biofizikaga tadqiq qilish;
TN6
Davolash ishlarida va texnikaviy ob’ektlarda eng oddiy fizikaviy tizimlarning modellaridan foydalanish;
TN7
biofizika fanining turli bo‘limlariga xarakterli bo‘lgan qiymatlarning sonli tartibini o‘lchash va baholash.
Fan mazmuni
Mashg`ulotlar shakli: ma`ruza (M)
M1
Kirish. Biofizika fani, uning predmeti. Muskullar biofizikasi. Biomexanika.
M2
Bioakustikaning biofizik asoslari.
M3
Biologik tizimlarda ko‘chish hodisalari.
M4
Biologik jarayonlar termodinamikasi.
M5
Optika. Yorug’likning tabiati. Yorug’likning moddalar bilan o’zaro ta’siri. Fotometriya asoslari.