Oliy matematika fanining predmeti. Sonlar haqida tushuncha. Kombinatorika elementlari. Murakkab foizlar



Yüklə 158,21 Kb.
səhifə1/5
tarix18.11.2023
ölçüsü158,21 Kb.
#132747
  1   2   3   4   5

Oliy matematika fanining predmeti. Sonlar haqida tushuncha. Kombinatorika elementlari. Murakkab foizlar.
Reja:

  1. Oliy matematika fanining predmeti.

  2. Sonlar haqida tushuncha.

  3. Kombinatorika elementlari

  4. Murakkab foizlar



  1. OLIY MATEMATIKA FANINING PREDMETI

Tayyorlanadigan mutaxasisni kompententligi uning amaliy masalalarni yechishga matematik apparatni qo’llay olish malakasiga bog’liq.
Matematika so’zi yunonchadan olingan bo’lib - “bilim”, “fan” ni anglatuvchisi “matema” so’zidan olingan.
Matematika - tabiatni miqdoriy, mantiqiy o’rganishga asoslangan fandir. Matematika insoniyatning amaliy masalalarni yechish, ilg’or surilgan gipotezalarni mantiqiy asoslash zaruriyatidan kelib chiqqan fandir.
Matematika fan va texnikani amaliy masalalarni yechishni asosiy vositasi bo’lib qolmasdan fanning universal tili, dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy vositadir. Faqat fan va texnika muammolarni hal etishdan tashqari, boshqaruv masalalarini yechish ilmiy va to’g’ri qaror qabul qilishni taqozo etadi.
Jamiyat, fan va texnika, iqtisodiyot masalalarini matematikasiz o’rganish noto’g’ri qaror qabul qilishga olib kelishi mumkin. To’g’ri optimal qaror qabul qilish uchun o’rganilayotgan jarayonni matematik modelini qurish, yechish algoritmini tuzish, yechimni tahlil qilish usullarini yaratish kerak.
Matematik model- o’rganilayotgan jarayonni matematik simvollar, tenglamalar, tengsizliklar va mantiqiy munosabatlar bilan gomomorf akslantirishdir.
Matematika- tayyorlanayotgan mutaxasisni to’g’ri, optimal va samarali, aniq mantiqiy algoritmik fikrlashga o’rgatadigan fandir.
Matematika fanini rivojlanishida buyuk olimlar Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Axmad al-Farg’oniy va boshqalar kata hissa qo’shgan. Bundan tashqari O’zbek olimlarini ham hissasi beqiyos: akademiklar T.A.Sarimsaqov, X.S.Sirojiddinov, M.S.Saloxiddinov, T.D.Jurayev, Sh.Alimov, Sh.Ayupov va boshqalar.


  1. SONLAR HAQIDA TUSHUNCHA

Narsa yoki predmetlarni miqdoriy baholash- son tushunchasiga olib keladi. Dastlab natural sonlar tushunchasi kiritilgan.

Yüklə 158,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin