Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 54,64 Kb.
səhifə5/12
tarix25.03.2023
ölçüsü54,64 Kb.
#124352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g

Tayanch so‘z va iboralar: O‘zbek, millat, turkiy, qadimiy, adabiy til, umumxalq tili, grammatik qurilish, sessiya, kengash, maqom, qonun, ish yuritish, tashkilot, muassasa, ish qog‘ozlari, til, tafakkur, nutq, so‘zlashuv tili, yozma adabiy til, og‘zaki adabiy til, obraz.
Mаvzu bo‘yichа sаvоllаr
1.Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasida qanday bog‘liqlik va farq bor?
2.''Tafakkur'' so‘zining ma’nosini izohlang.
3.Til va tafakkur alohida mavjud bo‘lishi mumkinmi?
4.Tafakkur va til o‘rtasidagi munosabatni misollar asosida tushuntirib bering.
5.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni nechanchi yil qabul qilingan?
6.Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili-davlat tiliga e’tibor ko‘chayganligini izohlab bering.
7.O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi qonuni nechanchi yilda e’lon qilindi?
8.Nechanchi moddada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili- o‘zbek tilidir'' deb yozib qo‘yilgan?
9.Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” nechanchi yilda tasdiqlandi?
10.“Davlat tili haqida”gi qonunning nechanchi moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi ta’kidlangan?
11.O‘zbeklar dunyoning qayerlarida yashashadi?
12. O‘zbek tili qaysi asrdan mustaqil til sifatida shakllana boshladi?
13.Nima uchun davlat tili o‘zbek tili bo‘ldi?


TOPSHIRIQLAR


1-topshiriq.Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar.Tillarning barchasi insonlar o‘rtasidagi aloqa-aralashuvni ta’minlash vazifasini bajaradi. Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi.
Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o‘zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o‘lik tildir.
Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o‘zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi
Til millatning qalbi, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi sanaladi. Shu ma’noda har bir millatning ona tilisida uning bebaho xazinasi, minglab so‘zlar saqlanadi. Bu so‘zlarni asrlar davomida xalq yaratadi, unga sayqal beradi, asrab-avaylaydi.
Har bir davrda yashagan xalq vakillari bu so‘zlarni e’zozlab, ularga ishlov berib, so‘zlar xazinasini boyitib, keyingi avlodlarga yetkazishga mas’uldirlar. Internet ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 6000 dan ortiq til bo‘lib, ularning so‘z boyligi, leksik-grammatik qurilishi, uslubiy imkoniyatlari darajasi bir xilda emas. Bu borada o‘zbek tili dunyodagi eng boy, shirali tillardan biri sanaladi. Bu tilda Mahmud Koshg‘ariy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Ogahiy singari buyuk zotlar barakali ijod qilgan bo‘lishsa, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar uni yangi pog‘onalarga olib chiqishdi. O‘zbek tilining XX asr boshlaridan bugungi kungachatarixiy ildizlarga ega. Ozarbayjon, usmonli turk, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, uyg‘ur, chuvash, tatar, boshqird, xakas, yoqut singari 30 dan ortiq turkiy tillardan biri sifatida u qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek tili singari uzoq taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan.
O‘zbek ma’rifatparvarlarining sa’y-harakatlari bilan XX asrning boshlarida shakllangan hozirgi o‘zbek adabiy tili bugun istiqlol sharofati bilan to‘lishib, go‘zallashib, butun borlig‘i bilan ko‘z oldimizda namoyon bo‘lmoqda. Hozirda u dunyodagi boshqa tillar bilan erkin muomala-munosabatga kirishib, ilm-fan, texnika, badiiy adabiyot, rasmiy qog‘ozlar tili sifatida tobora rivojlanib bormoqda.



Yüklə 54,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin