Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g
Vatan haqidagi maqollarni bilib oling!
Ona yurting — oltin beshiging. * * * Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro’ying somon bo‘lmas. * * * O’zga yurtda sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho'pon bo‘l. * * * O‘z uying — o‘lan to‘shaging. * * * Kimda o‘z yurtiga bo‘lmasa mehr, U qalban shikasta, u qalban majruh. * * * Yurt qo‘risang, o'zarsan, Qo‘rimasang, to‘zarsan. *** Yurti tinchning o‘zi tinch. * * * Yurt bilan bo‘lgan yetar murodga, Yurtdan ayrilgan qolar uyatga.
4-topshiriq. FSMU jadvalini to‘ldiring.
O‘zbek tili jahondagi eng rivojlangan davlatlar tillari orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
5-topshiriq.“Davlat tili”haqidagi qonunni o`qing va yod oling.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida Qonuni (yangi tahriri 1995-yil 21-dekabr 167-I-son) 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.