2.1 FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASI VA 0 ‘RGANISH
USLUBLARI
Yangi talim tizimi asosida tuzilgan fizika dasturi boyicha fizika kursi alohida oquv
predmeti sifatida VI
-
sinfdan boshlanadi. Maktab fizika talimining birinchi yilida
oquvchilarga fizikaviy hodisalar va kattaliklar haqida umumiy malumotlar berildi. Bu
bilan oquvchilarni fizikaga qiziqtiriladi, fizika fani haqida dastlabki tasavvur hosil
qilinadi, tevarak atrofdagi fizik hodisalarning mohiyatini elementar tarzda tushuntirish
orqali ilmiy dunyoqarash shakllantiriladi.
Dasturda, VI
-
sinfda beriladigan fizika talimi mazmuni ozgartirilmagan holda, fizik
hodisalar va kattaliklarning organish ketma ketligini ikki xil tartibi tavsiya etilgan:
Ulardan birinchisi quyidagi tartibda:
1. Kirish.
2. Harakat va jismlarning ozaro tasiri.
3. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar.
4. Modda tuzilishi.
5. Issiqlik hodisalari.
6. Issiqlik mashinalari.
7. Tovush hodisaliri.
8. Yoruglik hodisalari.
Tuzilishi ananaviy bolgan fizika talimining bunday ketma ketligida oʻquvchilar
avval jismlarning harakati, bosib otgan yoli, unga ketgan vaqt, tezlik massa, zichlik
kabi kattaliklar bilan tanishadilar. Songra modda tuzilishi, issiqlik, tovush va yoruglik
hodisalarini organadilar. Fizika oqitishni yoruglik hodisalaridan boshlash ham oziga xos
afzalliklarga ega. Birinchidan, yoruglik hodisalari fizika fanining katta qismini tashkil
etib, optika nomi bilan yuritiladi. Optika qonunlari esa inson hayotida juda katta
ahamiyatga ega. Ikkinchidan, kundalik hayotimizda har xil yoruglik hodisalariga duch
kelamiz. Uchinchidan, optika qonunlari asosida yoruglik va optika texnikasi vujudga
keladi. Bundan tashqari, yoruglik hodisalarini organish jarayoni qiziqarli bolib,
formulalar kam ishlatiladi. Yoruglik hodisalaridan song tovush, issiqlik, mexanik
hodisalar organiladi. Bu variantdagi har bir bolimga ajratilgan dars soatlari miqdori
birinchi variantdagi tegishli nomdagi bolimga ajratilgan dars soati miqdoriga mos
keladi. Akademik litseylarda oquvchilar ozlari tanlagan yonalishi boyicha bilimlarini
oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal ozlashtirish imkoniga ega
boladilar. Shuning uchun ham akademik litsey bitiruvchilariga qoyiladigan talablar
ham zamon talablariga mos saviyada boladi. Akademik litsey bitiruv
-
chilari fizika talim
sohasida quyidagi bilimlarga, tushunchalarga ega bolmogi lozim :
-
fizika va unga yaqin bolgan fanlar boyicha qoyilgan vazifani hal etishda fizika
qonunlarini bilish bilan birga boshqa bilim sohalarini ham birgalikda qollay olish;
-
asosiy fizikaviy olchov asbob
-
uskunalaridan foydalana bilish, sodda amaliy vazifalarni
qoyish va ularni yechish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, baholay bilish
hamda umumiy xulosalar chiqarish;
-
oqish davomida oquv va qoshimcha adabiyotlaridan mustaqil foydalana bilish.
Majburiy va majburiy ixtiyoriy talim tizimida fizika oqitishning ahamiyati shundan
iboratki, bunda fizika
-
jonsiz tabiat qonunlarini orgatadigan asosiy
-
tabiiy fanlardan
biridir. Olam doimiy ozaro tasirda va uzluksiz harakatda bolgan moddiy jismlar
majmuasidan iborat. Tabiatda sodir boluvchi barcha hodisalar muayyan qonunlar
boyicha yuz beradi. Turli hodisalar orasidan qonuniy boglanishni ochish va organish
har qanday fan tarmogining bosh maqsadi hisoblanadi. Jismlarning harakati va ozaro
tasir, issiqlik, elektromagnit hodisalar qonunlarining tahlili fizikaga taalluqlidir.
Fizikada organiladigan hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegarasini aniqlash
juda qiyin. Faqat bir narsani aytish mumkin: yangi kashfiyotlar, texnikaviy
tadqiqotlarning yangi
-
yangi sohalari bu chegarani yildan
-
yilga kengaytirmoqda.
Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarim otkazgichlar
fizikasi, biofizika, qattiq jismlar fizikasi, gaz va suyuqliklar dinamikasi kabi yangi
bolimlari yaratilmoqda. Bular maktab va orta maxsus talimida fizikaning boshlangich
tushunchalar kursida ozining aksini topgan. Maktab fizika kursining asosiy maqsadi,
oddiy fizika bilimlari bilan bir
qatorda hozirgi zamon fizikasi bilimlarini oquvchilar ongiga singdirishdir. Fizikaga oid
asosiy qonunlar va hodisalarni organmay turib, jamiyat rivojlanishini, taraqqiyotini
tushunib yetish mumkin emas. Chunki tabiat hodisalari asosini fizik qonunlar egallaydi.
Ularni maktabda organish hamma pedagogik talablar asosida olib boriladi.
O‘zbekiston maktablarida fizika kursi ikki bosqichda o‘rganiladi. Kursning bunday
tuzilishi o‘rta maxsus ma’lumot berishga mos keladi va fizika asoslarining o‘quv fani
sifatida o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Fizik tushunchalarning shakllanishi
uzundan
-
uzoq jarayondir. Kuch, massa, ish, energiya, molekula, elektr zaryad, maydon
to‘g‘risidagi tushunchalar; fizikaning asosiy qonunlari
-
energiyaning saqlanish va bir
turdan boshqa turga aylanish qonuni, dinamika qonunlari, o‘zgarmas tok qonunlari;
moddalarning
elementlik,
plastiklik,
murtlik,
mustahkamlik,
qovushqoqlik
(yopishqoqlik), siqiluvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik kabi va
boshqa xossalari to‘g‘risidagi tasavvurlar kursning ayni bir joyda tarkib topishi va
puxta o‘zlashtirilishi mumkin emas. Bu tushuncha, qonun va xossalar o‘quv
materialining murakkablashib borgani sari, fizik kursining har xil qismlarida bir necha
marta takrorlashda, hodisa va munosabatlarni o‘rganish natijasida, uzoq muddat
ichida sekin
-
asta o‘zlashtiriladi. Buning hammasi fizikani takror o‘rganishni talab qiladi.
Shularni hisobga olgan holda, fizikaning o‘rganishni
umumiy o‘rta ta’limda to‘g‘ri, bir tekis, ketma
-
ketlikda hajmi qismlarini o‘qish
mo‘ljallangan bo‘lib, (kursning tugallangan formasi), akademik
-
litsey va kasb
-
hunar
kollejlarida fizika kursining murakkab materiallarini takror o‘qitish mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |