Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   234
hozirgi ozbek tili

UCHINCHI BO‘LIM 
 
LEКSIК–SEMANTIK SATH 
 
10- ma’ruza 
 
LEKSIKA, LEKSIK-SEMANTIK SATH VA LEKSIKOLOGIYA. LEKSEMA 
VA SO‘Z 
 
Reja: 
1. Leksika. 
2. Leksik-semantik sath va uning birligi haqida. 
3. Leksikologiya va uning  turlari. 
4. Leksema va so‘z 
Kalit tushunchalar 
til, lison, nutq, sath, lisoniy sath, nutqiy sath, til, tilshunoslik, tilshunoslik bo‘limlari  
 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema 
 
1.  Leksika.    Leksika  termini  grekcha  lexikos  (“so‘zga  oid”)  so‘zi 
hosilasidir.  Leksika    deganda,  tilning  barcha  so‘zlari,  lug‘at  tarkibi  nazarda 
tutiladi.  Leksika  termini  tilning  alohida  so‘zlar  qatlamiga  ham  (maishiy 
leksika,  poetik  leksika,  ish  yuritish  leksikasi  kabi),  bir  ijodkor  tomonidan 
qo‘llangan    barcha  so‘zlarga  nisbatan  ham  (Navoiy  leksikasi,  Tog‘ay  Murod 
leksikasi)  yoki  biror  asar  haqida  ham  (“So‘z  haqida  so‘z”)  qo‘llanilishi 
mumkin. 
Til  leksikasi  tilshunoslikning  leksikologiya,  semasiologiya  va 
onomasiologiya sohalari o‘rganish manbai hisobalanadi. Leksika bevosita yoki 
bilvosita  borliqni  ifodalaydi,  jamiyatdagi  o‘zgarishlarni,  xalqning  moddiy 
hayoti  va  ma’naviy  olamini  aks  ettiradi,  yangi  predmet,  hodisa,  jarayon  va 
tushunchalarni  ifodalash  uchun  yangi  so‘zlar  bilan  muttasil  to‘lib  boradi. 
O‘zida  eskirish  va  yangilanishni  to‘la  aks  ettiradi.  Iste’mol  darajasi  susaygan 
birliklar  esa  leksikadan  butunlay  chiqib  ketmaydi.    Moddiy  ishlab 
chiqarishning  har  xil  sohalari  muntazam  rivojlanib,  yangi  yo‘nalishlar  bilan 
boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji yangidan-yangi maxsus so‘zlar 
–  termin  va  terminologik  qatlamlarni  vujudga  keltiradi  va  rivojlantiradi. 
Bunda  e’tiborlisi  shundaki,  umumiste’mol  so‘zlarning  ayrimlari  terminologik 
tabiat  kasb  etsa,  ayrim  terminlar  o‘z  ifodalanmishining  kundalik  turmushda 
qo‘llanish  darajasiga  bog‘liq  ravishda  umumiste’mol  xususiyat  kasb  etib 
boradi.  Jamiyatda  umumiy  ta’limning  rivoji  ham  tilning  o‘rta  saviyali 
sohiblarida  til terminоlogik tizimining xalqchillashuviga olib keladi. 
Til leksikasida jamiyatning ijtimoiy qatlamlanishi (professional, yosh, jins 
va  h.)  o‘z  aksini topadi.  Shunga  ko‘ra, til  leksikasi  har xil  sotsial  dialektlarga 


Ma’ruza matnlari.  
 
81 
xoslanishi jihatdan tarmoqlanadi: jargon, argo, sleng.  Til leksikasining sotsial 
xoslanishi  sotsial  dialektologiya,  sotsiolingvistika,  psixolingvistika  kabilar 
tomonidan  o‘rganiladi.  Leksikada  til  egalarining  turli  hududiy  dialektlarga 
mansubligi,  xususan,  hududiy  sifatlar  o‘z  ifodasini  topadi.  Tilning  hududiy 
variativligi  dialektologiya  tomonidan  o‘rganiladi.  Dialektal  so‘zlar 
umumadabiy leksikani to‘ldiruvchi eng muhim ikki vositadan biri sanaladi. 
Adabiy  nutqda  qo‘llanilib,  hali  unga  to‘liq  singmagan,  mahalliy  kolorit, 
hududiy  bo‘yoq  yaqqol  sezilib  turgan  sheva  so‘zlari  “dialektizmlar”  deyiladi. 
Tog‘ay  Murod,  Shukur  Xolmirzayev,  Nazar  Eshonqul  asarlarida 
dialektizmlarning yorqin namunalarini ko‘ramiz.  
 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin