Mantiqiy mushohada uchun 1.Nega yozma nutqda beixtiyor dorixona, sinov daftarchasi, shifoxona (kasalxona), bekat so‘zlarini yozamiz-u, og‘zaki nutqda apteka, zachyotka, bolnitsa, ostanovka so‘zlarini aytamiz?
Sabablari nimada?
2.Jarohat va yara so‘zlari o‘zaro sinonimmi yoki uyadoshmi? Lug‘atlardan foydalanib javob
berish ham mumkin.
Til leksikasida yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi turli yo‘llar bilan sodir
bo‘ladi:
1) yangi so‘z yasalishi:
2) so‘zning yangi ma’no kasb etishi;
3) bir turkumdan boshqasiga o‘tish. Mazmun plani nuqtai nazaridan til leksikasi farqlanadi:
1) mustaqil so‘zlar (atash vazifasini bajaradi) ва nomustaqil so‘zlar
(bunday vazifaga ega emas);
2) mavhum so‘zlar (umumlashma ma’nolarni ifodalaydi) va aniq so‘zlar
(muayyan tushunchalarni ifodalaydi). Mustaqil va nomustaqil so‘zlar tizimida
ham uzluksizlik mavjud. Unga ko‘ra, mustaqil so‘zlar nomustaqil so‘zlarga
aylanadi yoki ularning vazifasini muvaqqat bajaradi;
1) sinonimlar (bir tushunchani turli tomondan ifodalaydi);
2) antonimlar (zid tushunchalarni ifodalaydi);
3) giponimlar (tur-jins tushunchalarini ifodalaydi);
Ifoda plani nuqtai nazaridan omonimlar, omograflar, omofonlar,
paronimlar farqlanadi.
Til leksikasida uslubiy xoslanish alohida ahamiyatga ega.
Til leksikasida frazeologimlar alohida o‘rin tutadi. Frazeologimlar
leksikalizatsiya hodisasining yorqin namunasi. So‘z birikmalari ma’nolari
ixtisoslashib, bir so‘z ma’nosiga teng ma’no ifodalashga o‘tadi. Iboralar
shaklan so‘z birikmasiga o‘xshaydi, lekin til leksikasiga mansub bo‘ladi.
Leksikani qayd etuvchi soha leksikografiya bo‘lib, uning nazariy va
amaliy, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari mavjud.