2. Leksik-semantik sath va uning birligi haqida. Lisonning shakl va
denonativ ma’no yaxlitligidan iborat birligini qamrab oluvchi sathi turlicha
nomlanadi: leksik sath, leksik-semantik sath, leksik-frazeologik sath va h.
Leksik sath birligi tilshunoslikda leksema deyiladi. Leksema –
tilshunoslikning eng muhim va markaziy tushunchalaridan biri. Biroq uning
mazmun va chegarasi hozirgacha aniq belgilangan emas. Masalan, o‘zbek
tilshunosligida leksema va so‘z atamasining hozirgacha yonma-yon
qo‘llanayotganligi, leksemani morfemaning bir ko‘rinishi sifatida qarash
kabilar shular jumlasidan. Ulardan biri, ya’ni leksemaning lisoniy birlik bo‘la
olish-olmasligi masalasini olaylik. Ko‘p tilshunoslar lisoniy birliklarni
sanashganda, fonema, morfema va qolip bilan cheklanib, leksemani tilning
Ma’ruza matnlari.
83
alohida qurilish birligi sifatida tan olishmaydi va uni morfemaning bir
ko‘rinishi sifatida qarashadi. “Leksemamorfemaning jamiyat a’zolari uchun
tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan
tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatni
shakllantiruvchi, nutqda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan bir
turi” degan ta’rif ham bor (H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tili sistem
leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990.)
Leksemani morfema orqali ta’riflash va uni morfemaning bir turi
sifatida qarash, mantiqan, lisoniy qurilishda uning alohida, mustaqil o‘rni yo‘q
deyishning o‘zi. Lekin har bir tilning izohli va tarjima lug‘atlari mavjudligining
o‘zi leksik sathning mustaqilligi va alohidaligini ko‘rsatib turadi. Ammo
yuqoridagi fikrlar ham asossiz emas.
Tilshunoslar Arastu davridan hozirgacha leksema, so‘z ustida bosh
qotirib kelishmoqda va bugungi kunda unga yuzlab ta’riflar berilgan. Hatto
ayrim olimlar tomonidan o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligida hal etilgan
kesim tushunchasini qaytadan ishlab chiqish zarurati yo‘qligi, faqat uning
o‘zbek tilida qanday voqelanishini ochish lozimligi haqidagi fikrlar ilgari
surilganligi kabi leksemaga ham shunday qarashlar kuzatiladi. Biroq bugungi
kunda “o‘zbekcha kesim” tushunchasi “oqlandi” va o‘z ilmiy talqinini topdi.
Demak, bundan metodologik omil sifatida foydalanib, uni umumiy va xususiy
leksema nazariyasiga ham tatbiq qilish lozim. Bu bevosita o‘zbekcha leksema
tushunchasini yaratish, bunda o‘zbek tilining ichki tabiatidan kelib chiqish
zarurati mavjudligi bilan bog‘liq.
Agglyutinativ tillar, jumladan, o‘zbek tilidagi va flektiv tillar, xususan,
rus va arab tillaridagi o‘zaklar keskin farqlanadi. Rus va arab tillaridagi
o‘zaklarni lug‘atda qo‘shimchadan xoli berib bo‘lmaydi, shu jihati bilan ular
morfemaga o‘xshaydi. O‘zbek tilida esa bunday emas. Dalil uchun ruscha [ч],
[пись], arabcha [qr’], [ktb] va o‘zbekcha [o‘qi], [yoz] o‘zaklarini qo‘llanish va
ma’no anglatish xususiyatiga ko‘ra qiyoslash yetarli. Mustaqil va alohida
ajratilgan holatda [ч] ning o‘zak ekanligini mutlaqo anglab bo‘lmaydi (читат,
учеба, учение), biroq mulohaza yuritish natijasidagina [пис] ning пишу,
письмо so‘zlari bilan aloqadorligi seziladi. Arabcha [ktb], [qr’] o‘zaklari haqida
esa bir qarashda ularning o‘qish va u bilan aloqador til unsurlari ekanligi,
biroq lug‘atdamustaqil qo‘llana olmasligi xususiyatlarini aytish mumkin.
O‘zbekcha [o‘qi] va [yoz] o‘zaklarini sharhlashda bu til egasi qiyinchilik
sezmaydi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida lisoniy sath birligi sifatida eng kichik ma’noli
birlikning ikki alohida turini – leksema va morfemani qat’iy chegaralash
uchun yetarli asos mavjud. O‘zbek tilida leksema va morfema boshqa-boshqa
hodisa. Rus va arab tillarida leksema – morfemaning bir turi. Demak, turkiy
tillarda leksemani morfemaning bir turi sifatida emas, balki lisoniy sathning
morfemadan yuqoriroqda turgan va til egasi ongida borliqdagi ma’lum bir
voqelik bilan bevosita aloqada bo‘lgan lisoniy birlik sifatida qarash lozim.
Ma’ruza matnlari.
84
Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida lisoniy birliklar fonema, morfema,
leksema, qolipdir. Flektiv tillarda esa lisoniy birliklar – fonema, morfema,
leksema va qolipdir.
Shunday qilib, “o‘zbekcha leksema” o‘zida tayyorlik, majburiylik,
takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va
denotativ ma’no birligidan iborat, mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga
ega bo‘lgan lisoniy birlikdir.
Albatta, ayrim til hodisalari leksema va morfema oralig‘ida turganligi
uchun bu ta’rifga sig‘masligi mumkin. Bunday oraliqhodisalar tilda ko‘p
uchraydi. Bu til sistemasining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |