Ma’ruza matnlari.
95
Bunday jadvallarda butun til nozikliklarini, qoida va mustasnolarni berishda qadimgi hindlar
ham, o‘rta asr islom tilshunoslari ham shu darajada mahorat kasb etishgan edilarki, eramizdan
oldingi davrlarda Panini tomonidan tuzilgan va hozirgi o‘lchovlarda varaq sathi 1/8 (0.25
foliant), soni 100 sahifa atrofida bo‘lgan “Sanskrit grammatikasi” Frans Bopp e’tirofiga ko‘ra, “u
(Bopp) ning grammatikasidan mukammalroq va tugalroq bo‘lgan.” Vaholanki, F.Boppning
“Sanskrit tili grammatikasi” foliantlardan iborat har biri kamida 200 betli besh jilddan iborat edi.
Shuning uchun XIX asrda O‘rxun yozuvi sirini (deshifrovka qilib) ochgan, turk runik alifbosining
birinchi ko‘rinishi kaliti va sharhini tayyorlagan daniyalik tilshunos Vilhelm Tomsen (1842-
1927) “Tilshunoslik tarixi” kitobida Panini grammatikasi haqida shunday yozadi: “Hozirgi lotin
harflari bilan berilganda 75-100 betlik risola hajmida bo‘ladigan Paninining asari shu kungacha
jonli va o‘lik tillar tafsifi bo‘yicha yaratilgan grammatikalar ichida eng mufassali va to‘lig‘idir.”
Albatta, daniyalik buyuk tilshunosning bahosi mubolag‘ali, lekin, bejiz va asossiz ham emas.
Arab lingvistik tavsiflari mukammalligining yorqin belgisi shuki, XX asrda Yevropada
yaratilgan arab tili grammatikalari (jumladan, Karl Brokkelmann va N.V.Yushmanov asarlari) da
o‘rta asrlarda tuzilgan shunday jadvallardan keng foydlaniladi.
Arab va hind tilshunosliklarining yutuqlari va hozirgi grammatik talqinlarning
munozaraliligi, xususan bunda – arab va hindlarda tasnif va tahlil asosining bittaligi (faqat
shaklga tayanishi) va hozirgi grammatik talqinlarda uning ikkitaligi (shakl va mazmunga
tayanishi) da bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun zamonaviy tilshunoslikda goh mazmun
(vazifa), goh shakl omilini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi yo‘nalish va oqimlar shakllanib va rivojlanib
turadi.
Dostları ilə paylaş: