Mantiqiy mushohada uchun Ortiqcha to‘rtinchisinitoping:
1) ishla, qishla, tashla, boshla;
2) qaroq, taroq, o‘roq, so‘roq.
Nutqiy yasama so‘zning lisoniy sathga ko‘tarilishi bir necha bosqichda
kechadi. Uni nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko‘ra
quyidagicha tartiblash mumkin:
1) ixtisoslashgan leksema;
2) soddalashgan leksema;
3) tublashgan leksema.
2. Ixtisoslashgan leksemalar.Bunday leksemalar ham aslida bir so‘z
yasash qolipi va so‘z yasovchi vosita asosida nutqda yasalgan bo‘ladi.
Ixtisoslashgan leksemalarning yasamaliligi yaqqol ko‘rinib turadi, unda so‘z
yasash qolipining shakliy saqlangan, biroq ma’no tomondan qolipdan uzilgan
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, yasama so‘zning ma’nosini qolipning mazmun
tomoniga bog‘lash imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ishchi(worker, rabochiy)