Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234
hozirgi ozbek tili

 
Mustaqil o‘qish uchun 
Borliq tilda qanday aks etadi? 
Professor dars paytida talabalarga shunday savol berdi: “Barcha mavjudot Xudo tomonidan 
yaratilganmi?”  Bir  talaba  dadil  turib  javob  qildi:  “Albatta,  Xudo  tomonidan  yaratilgan.”  “Xudo 
hamma narsani yaratganmi?” – deb so‘radi yana professor. “Xuddi shunday, janob”, – javob berdi 


Ma’ruza matnlari.  
 
102 
talaba. Professor yana so‘radi: “Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo‘lsa, demak, Xudo yomonlikni 
xam yaratgan ekan-da?  Agar Xudo  bor bo‘lsa, va,  "biz qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz xam shunga 
yarasha  bo‘ladi”  degan  tamoyiliga  ko‘ra,  Xudo  yomon  ekan-da?”  Talaba  bu  gaplarni  eshitib  jim 
bo‘lib qoldi.  Professor talabalarga,  “Xudoga ishonish  bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim”, 
degandek g‘urur ila boqdi. 
Boshqa bir talaba qo‘l ko‘tarib, so‘radi: “Savol bersam maylimi, professor?” “Albatta”, – javob 
berdi professor.Talaba o‘rnidan turib, so‘radi: “Sovuqlik mavjudmi?” “Nima deganing bu? Albatta, 
mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan?” Talabalar uning savoliga kulishdi. Yigit javob 
qildi: “Aslida, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, 
aslida  issiqlikning  yo‘qligidir.  Mutlaq  nol    issiqlikning  umuman  yo‘qligi  demakdir.  Bunday 
haroratda butun modda inert bo‘lib qoladi. Xullas, sovuqlik mavjud emas. Biz bu so‘zni, issiqlik yo‘q 
holatni ta’riflash uchun o‘ylab topganmiz.” Talaba davom etdi: “Professor, qorong‘ilik mavjudmi?” 
“Albatta,  mavjud.”  “Siz  yana  nohaqsiz,  janob.  Qorong‘ilik  ham  mavjud  emas.  Qorong‘ilik  aslida 
yorug‘likning yo‘qligidir. Yorug‘likni o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ilikni o‘rgana olmaymiz. 
Oq  nurni  turli  ranglarga  ajratib,  har  bir  rang  to‘lqinining  har  xil  uzunliklarini  o‘rganish  uchun 
Nyuton  prizmasidan  foydalanishimiz  mumkin.  Biroq  siz  qorong‘ilikni  o‘lchay  olmaysiz.  Oddiy 
yorug‘lik  nuri  qorong‘ilikni  teshib  kirib,  uni  yoritishi  mumkin.  Qorong‘ilik  esa  yorug‘likni  to‘sa 
olmaydi. Biron-bir makondagi qorong‘ilikning miqdorini ayta olasizmi? Yo‘q, ayta olmaysiz. Chunki 
qorong‘ilikning  o‘lchov  birligi  yo‘q.  Yorug‘likning  miqdorini  esa  o‘lchay  olasiz.  Shunday  emasmi? 
Qorong‘ilik  –  yorug‘lik  yo‘qligida  nima  sodir  bo‘lishini  ta’riflash  uchun  inson  ishlatadigan 
tushuncha.” Nihoyat talaba professordan so‘radi: “Janob, yomonlik mavjudmi?” Bu safar, professor 
ishonchsizlik bilan javob berdi: “Menimcha, mavjud. Hali aytganimdek, biz uni har kuni ko‘ramiz: 
insonlar  o‘rtasidagi  shafqatsizlik,  butun  dunyo  bo‘ylab  sodir  etilayotgan  ko‘plab  jinoyatlar.  Bu 
misollar  yomonlikning  namoyon  bo‘lishidan  boshqa  narsa  emas-ku!”  Bunga  talaba  quyidagicha 
javob  qildi:  “Yomonlik  ham  mavjud  emas,  janob.  U  ham  qorong‘ilikka  va  sovuqqa  o‘xshaydi. 
Yomonlik – bu yaxshilik yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘z. Yomonlik yorug‘lik va 
issiqlik  kabi  mavjud  emas.  Yomonlik  insonning  yuragida  Xudoga  bo‘lgan  muhabbatning  yo‘qligi 
natijasidir. Yomonlik xuddi sovuqlikka o‘xshaydi – issiqlik bo‘lmaganida keladi, yoki qorong‘ilikka 
o‘xshaydi – yorug‘lik bo‘lmaganida mavjud bo‘ladi.” Professor o‘tirdi. U mag‘lub bo‘lgandi.   
Bu yosh talaba Albert Eynshteyn edi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin