Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. – М.: Наука, 1980.
Mantiqiy mushohada uchun
1.Borliqdagi bir holat (harorat) tilda nega ikki (issiq va sovuq) ga bo‘linadi?
2.Issiq va sovuq so‘zlarining ziddiyati obyektivmi yoki subyektiv?
3.Qorong‘ulik va yorug‘liq so‘zlarining izohini lug‘atdan kuzatib, qiyoslang va talaba
Eynshteyn fikriga munosabat bildiring.
3. Semema va tushunchamunosabati. Lisoniy mohiyat sifatida
sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati masalasi
murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki tushuncha,
ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi degan munozarada
ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni
farqlash lozim bo‘ladi:
a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga);
b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga).
O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha talqin
qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‘pincha, ongimizdagi
ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong,
Ma’ruza matnlari.
103
mantiq birligi, semema esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir
semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining
sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:
a) ho‘l mevaning bir turi;
b) shu mevaning quritilgani;
d) shu mevani beradigan daraxt.
Shunga ko‘ra, tushuncha va semema o‘zaro hamma vaqt ham mos
kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Кo‘rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya (nomutanosiblik)
hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‘rinadi. Buni chizmada
quyidagicha berish mumkin (18-jadval):
18-jadval
SEMEMA
Tushuncha
Tushuncha
Tushuncha
TUSHUNCHA
Semema
Semema
Semema
Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud.
Birinchidan, semema ko‘pincha emas, balki har doim ham ongdagi
tushuncha bilan bog‘langan. Semema tushunchaning ifodasidir. Olimlar
tavsifda ko‘pincha so‘zini qo‘llashda sememaning har doim ham ma’lum bir
tushuncha bilan bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri
quyidagicha ifodalanadi: «Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema
sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki, yordamchi leksema,
aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini
o‘taydi. Ular shaklan leksema, mazmuni (vazifasi), sememasiga ko‘ra esa
qo‘shimcha» (H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi
asoslari. 57-bet). Biroq yordamchi leksemalar morfema va mustaqil
leksemalar ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘tar ekan, ular nomustaqil
leksemalar sifatida shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Mazmun mundarijasi
asosida grammatik morfema bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi
leksemalar mazmun mundarijasini semema emas, balki grammatik ma’no
deyish maqsadga muvofiq.
Yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, nomemaga
egaligi asosida leksema bilan uyg‘unlashadi. Bundan kelib chiqqan holda
aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, leksema ta’riflanar ekan, ta’rif
ta’riflanayotgan hodisalarni to‘liq qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim.
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq
bo‘lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisalar “ta’rifga sig‘may qolishi”
ta’kidlanadi.
Birnechatushunchanio‘zidamujassamlashtirganleksemaningmazmunmun
darijasimurakkabtabiatliligibilanxarakterlanadi.
Ma’ruza matnlari.
104
Dostları ilə paylaş: |