Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   234
hozirgi ozbek tili

 
Mustaqil o‘qish uchun 
Sukut ma’no ifodalaydimi? 
Muloqot jarayonida sukut  alohida o‘rin tutadi va u ham “nimalarnidir” bildiradi. Muloqot jarayonida u 
situativ,  sotsial  va  psixologik  omillar  bilan  bog‘liq  holda  kommunikativ  mazmun  ifodalaydi.  Darhaqiqat, 
sukutning muloqot jarayonida naqadar ahamiyatli ekanligini Sa’diy Sheroziy o‘z misralarida shunday bitgan: 
Oqillar nazdida gar o‘ltirish odobdir, 
Maslahat tashlaganda so‘zga ko‘rsatish himmat. 
Ikki narsa aqlga sig‘maydi agar bilsang, 
So‘zlash paytida sukut, keraksiz joyda suhbat. 
Sukut saqlash o‘ziga xos ijtimoiy qimmatga ega. Buni masalan, dil rozini aytish, o‘tganlar xotirlashda, 
xafa  bo‘lish  va  arazlash,  mensimaslik  holatlarida,  kesatiq  va  kinoya  kabilarda  ko‘ramiz.    Sharq  mutafakkiri 
Muhammad  Sodiq  Qashg‘ariy  yaxshi  kishilar  odobi  haqida  bitilgan  kitobida  bu  haqda  shunday  deydi:  “  ... 
(yaxshi  kishi)  o‘zini  beadabona  so‘zdin  va  fe’ldin  yamon  harakatdin  va  noxamvor  (noo‘rin)  sukunatdin 
saqlag‘ay.” 
Abdulla  Qodiriyning  “O‘tgan  kunlar”  romanidan  olingan  quyidagi  parchada  sukut  tahqirlash 
mazmunini anglatadi:  
“... Otabek bu cho‘ltoq supurgini tanidi va uning istehzolarini anglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib 
o‘lturishdan sukutni xayrlik  topdi. Go‘yo  o‘zining  bu sukuti bilan Musulmonqulga ma’nolik  bir javob  qilar edi. 
Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar ekan baqirdi: 
Nega javob bermaysiz?!” 
Sukut, tabiiyki, asosan, so‘zlovchining tinglovchiga, tinglovchining so‘zlovchiga aylanish jarayoniga xos. 
Shuning  uchun,  o‘zbek  nutq  odobiga  qo‘ra,  o‘rinsiz  yoki  bema’ni  savolga  sukut  bilan  javob  berish,  uni 
eshitmaganga  olish,  suhbatni  buzmaslik  yuksak  odob  –  hatto  shoir  Mirza  Kenjabek  talqinida  ibodat  – 
sanaladi: 
Ibodatdir biror zolim – jafokorga desang haq so‘z, 
Va nodonga sukut saqlash, sukuting ham ibodatdir. 
Turkman  va  kavkaz  xalqlari  odatiga  ko‘ra,  kelinlar  ma’lum  muddat  (asosan,  farzand  ko‘rgunlaricha) 
qaynona  va  qaynotalariga  gapirmaslik  –  hurmat  ma’nosini  ifodalashi  sukut  ifodalaydigan  kommunikativ 
mazmunlardan biri – u tahqirlashning aksidir.
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin