Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   234
hozirgi ozbek tili

Guli Toirova 
 
 
4.Serqirralikning leksema semantik strukturasida namoyon bo‘lishi. 
Har  qanday  lisoniy  birlik  serqirra  mohiyatli  bo‘lib,  buuning  kamida  ikki 
paradigmaga kirishini ta’minlaydi. Leksema birdan ortiq tushunchani qamrab 
olgan  ekan,  bunda uning  serqirraligi yanada  kuchayadi.  Masalan,  uzum,  o‘rik 
leksemasi  o‘zida  bir  necha  tushunchani  saqlar  ekan,  bu  bilan  u  kamida  ikki 
lug‘aviy paradigmaga kiradi (20-jadval): 
  20-jadval 
Uzum 
 
Uzum 
Tok 
o‘rik 
Zardoli 
o‘rik 
 
Birinchi  paradigmada  uzum  leksemasi  bir  denotati  asosida  meva  va 
boshqa  bir  denotati  asosida  esa  daraxt  nomini  ifodalovchi  otleksema  bilan 
uyadoshlik qatori hosil qilsa, ikkinchi paradigmada o‘rik leksemasi bir ma’nosi 
bilan  zardoli,  ikkinchi  ma’nosi  asosida  turshak  leksemasi  bilan  ma’nodoshlik 
munosabatida bo‘ladi. 
Leksema  tarkibida  birdan  ortiq  tushuncha  mujassamlashganda  leksema 
turli  sintagmatik  qurshovga  kiradi.  Masalan,  yuqorida  tilga  olingan  olma 


Ma’ruza matnlari.  
 
105 
leksemasida  ikkita  (“meva”,  “daraxt”)  tushuncha  mavjud  bo‘lib,  u  har  bir 
ifodalagan tushunchasi asosida ham boshqa-boshqa, ham umumiy qurshovga 
ega bo‘lishi mumkin. 
Olmani  kesdik  sintaktik  qurshovida  olma  qaysi  tushuncha,  denotatni 
anglatayotganligi  muayyanlashmaydi.  Biroq,  olmani  ekdik,  olmani  yedik 
sintagmatik  qurshovida  atalayotgan  denotat  farqlanayotganligi  sezilib  turadi 
(birinchi  qurshovda  “daraxt”,  ikkinchisida  “ho‘l  meva”).  Кo‘rinadiki,  leksema 
birdan ortiq tushunchani ifodalaganda har  bir tushunchaga  mos  sintagmatik 
qurshov  mavjudligi  ham  anglashiladi.Bular  semema  leksema  lisoniy 
mohiyatining alohida sinonimik va sintagmatik qurshovga ega bo‘lgan turidir, 
degan xulosaga olib keladi. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin