Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1.Sememaning semik tarkibi nima?
2.Lingvistik semema qaysi kimyoviy hodisaga qiyosan baholanishi
mumkin?
3.Lingvistik sema qaysi kimyoviy terminga monand?
4.Atash semasi nima?
5.Ifoda semasi nima?
6.Vazifasi semasi nima?
7.Qanday semalar birlashtiruvchi sema deyiladi?
8.Qanday semalar farqlovchi semalar deyiladi?
Test 1.So‘z boyligi, asosiy lug‘at tarkibi, ularning ma‘no turlari, so‘z
ma‘nolarining ifodalanish yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim tilshunoslikning qaysi
bo‘limi? A) Leksikografiya B) Orfografiya C) Orfoepiya D) Leksikologiya
2.Semasiologiyaning o‘rganish obekti nima? A) So‘zning semantik
taraqqiyoti B) So‘zdagi tovush o‘zgarishlari C) Til birliklarining o‘zaro
ma‘noviy xossalari D) So‘zning ma‘no xussusiyatlari
3.So‘zning obektiv borliqdagi narsa va hodisalarni ifodalovchi ma‘nosi: A)
ifoda semasi B) vazifa semasi C) hosila sema D ) atash semasi
4.Leksema ko‘chma ma’noda qo‘llanganda, uning asosan qaysi semasida
sifat o‘zgarishi yuz beradi? A) atash semasida B) ifoda semasida C) vazifa
semasida D) barcha semasida
5.Uka va singil leksemalarida farqlovchi sema: A) atash semasi B) ifoda
semasi C) vazifa semasi D) barcha semalari