Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema sememasining
biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning butkul so‘nishiga olib
keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani ifodalovchi leksemalarning
qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh otning atoqli otga aylanishida,
so‘zning terminologik mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.