Ma’ruza matnlari.
135
Mustaqil o‘qish uchun
So‘z xaridori
Atoqli tilshunos Aleksey Aleksandrovich Shaxmatov (1864–1920) bolaligidan tillarga
qiziqardi. Аlyosha haqiqiy vunderkind edi.
Bola yoshligidan yetim o‘sdi. Unii xolasi tarbiyaladi. Xorijiy tillar – ingliz, nemis, lotin tillarini
o‘rganishiga sharoit yaratib berdi. Bolada tabiat ato etgan yorqin filologik iste’dod bor edi. U tillarga
shunday qiziqib ketdiki, hatto o‘rtoqlaridan so‘zlarni “sotib olaadigan bo‘ldi”. Gimnaziyada o‘qib
yurganida u shunday hisob-kitob olib borgan: «50 ta sanskrit va 3 ta got so‘ziga – 60 ta island
so‘zini oldim. 40 ta forscha va 8 ta arabcha so‘zga 50 ta fin va litva, 257 qadimgi german so‘ziga 60
ta kam uchraydigan got so‘zini almashtirdim.” Alyosha har xil tillarning so‘zlarini yig‘ib, o‘rtoqlari
bilan almashtirar edi. Bora-bora gimnaziyada bu o‘yinga qo‘shilmagan o‘quvuchi qolmadi.
Bolalikdagi sevimli mashg‘uloti – o‘qish va so‘zlarni to‘plash – uning kelajakdagi filologik
tadqiqotlari uchun poydevor bo‘ldi. “Qadimgi rus matnlarining tanqidiga doir” degan maqolasini
e’lon qilganida hali 17 yoshli gimnaziya o‘quvchisi edi.
Moskva davlat universitetida o‘qib yurgan paytida bir amallab topgan pullarini sarflab ta’til
paytlari rus xalq og‘zaki ijodi, xalq so‘zlarini to‘plash bilan shug‘ullanar edi. Sutkasiga 10-12 soatlab
ishlar edi.
Qisqa vaqt ichida Aleksey Shaxmatov Rossiyadagi eng yosh va talantli filolog sifatida tanildi.
“Rus fonetikasi sohasidagi tadqiqotlar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi monografiyasi
uchun 1894-yilning 12-martida 29 yoshli tadqiqotchiga Moskva davlat universiteti ilmiy kengashi
bir ovozdan rus tili va rus so‘zshunosligi doktori ilmiy darajasini berdi. Bungacha hali rus
filologiyasi bunday hodisani ko‘rmagan edi!
A.A.Shaxmatov nafaqat filologiya bo‘yicha eng yosh fan doktori, balki Peterburg Fanlar
akademiyasi tarixida eng yosh akademik ham bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: