Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234
hozirgi ozbek tili

Adabiyotlar 
 
1.  Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.  
2. Ne’matov  H.,  Rasulov  R.  O‘zbek  tili  sistem  leksikologiyasi  asoslari.  -
Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.  
4. Ne’matov  H.,  Mengliyev  B.  Tilshunoslikning  metodologik  masalalari.  – 
Toshkent, 2017. 
5. Mirtojiyev  M.  O‘zbek  tili  semasiologiyasi.  –  Toshkent:  Mumtoz  so‘z, 
2013. 
 
 
BO‘LIM BO‘YICHA YAKUNLOVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
 
1.  Leksikologiya nima? 
2.  So‘z til birligi sifatida qaysi yo‘nalishlarda o‘rganiladi? 


Ma’ruza matnlari.  
 
146 
3.  Leksikologiyaning qaysi bo‘limida so‘zning semantik xususiyati – bir 
ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh 
va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi? 
4.  Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini tushuntirib bering. 
5.  Nazariy va amaliy leksikologiyaning farqi nimada? 
6.  Nazariy  yondashuvda  leksik  sath  birligi  tilshunoslikda  nima  deb 
nomlanadi? 
7.  Lisoniy birlikbilan  nutqiy birlik orasidagi farqni tushuntiring. 
8.  Leksema deb nimaga aytiladi? 
9.  So‘z deb nimaga aytiladi? 
10.  Leksema bir tushunchani ifodalasa, u nima deyiladi? 
11.  Leksema nutqda necha ma’noli bo‘ladi? 
12.  Nutqiy  yasama  so‘zning  lisoniy  sathga  ko‘tarilishi  qanday 
bosqichlarda kechadi? 
13.  Yasamaligini yo‘qotmagan, ya’ni o‘zida qolipning shakliy tomoni izini 
saqlagan,  biroq  ma’noviy  tomondan  qolipdan  uzilgan,  ma’nosini  qolipning 
o‘ng  (mazmuniy)  tomonidan  keltirib  chiqarish  imkoni  bo‘lmagan,  toraygan 
ma’noli leksema nima deb ataladi? 
14.  Soddalashgan leksema nima? 
15.  Tublashgan leksema haqida nimalarni bilasiz? 
16.  Leksemaning tashqi qobig‘i nima deb ataladi? 
17.  Semema va tushuncha munosabati haqida gapiring. 
18.  Sema mohiyatiga ko‘ra necha xil bo‘ladi va ular qaysilar? 
19.  Qachon atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi kuchayish holati yuz 
beradi? 
20.  Sema darajasiga ko‘ra qanday semaga ajratiladi? 
21.  Sememaning  nutqiy  lug‘aviy  ma’no  sifatida  voqelanishi  qanday 
kechadi? 
22.  Sememaning  tayyor  va  nutqiy  ma’noning  tayyor  emasligi  haqida 
nimalarni bilasiz? 
23.  Sememaning  takrorlanuvchanligi  va  nutqiy  ma’noning  betakrorligi 
haqida gapiring. 
24.  Hosila ma’no qanday yo‘l bilan vujudga keladi va ular qaysilar? 
25.  Metaforik ma’no nima? 
26.  Qanday yo‘l bilan hosil qilingan ko‘chma ma’no biror narsaning nomi 
bilan  uning  biror  qismini  atash  va,  aksincha,  biror  narsaning  qismi  bilan  u 
mansub butunni atash tushuniladi? 
27.  Vazifadoshlik  asosida  vujudga  kelgan  hosila  ma’no  haqida  nimalar 
deya olasiz? 
28.  Leksema  semantikasidagi  lisoniy  o‘zgarish  qandaynatijalarga  olib 
keladi? 
29.  Sinonimiya,a ntonimiya, graduonimiya, giponimiya nima? 
30.  Ma’nodoshlik  qatoridagi  dominanta  leksemaning  qanday  o‘ziga  xos 
xususiyati bor? 


Ma’ruza matnlari.  
 
147 
31.  Antonimlarning  mantiqiy  asosini  qanday  qarama-qarshilik  tashkil 
etadi va ular qanday yuz beradi? 
32.  Antonimlar strukturasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
33.  Dialektikaning  lug‘aviy  graduonimik  qatordagi  eng  umumiy 
qonunlari haqida ma’lumot bering. 
34.  Qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika haqida gapiring. 
35.  Qo‘llanilish  chegaralanmagan  (umumiste’mol)  leksika  haqida 
gapiring. 
36.  Qo‘llanilish davri chegaralangan leksika haqida gapiring. 
37.  Tarixiy so‘z nima? 
38.  Arxaik so‘z nima? 
39.  Neologizm nima? 
40.  Dialektal leksika haqida gapiring. 
41.  Terminologik leksika nima? 
42.  Noadabiy leksika haqida gapiring.  
43.  Argo nima?  
44.  Jargon nima?  
45.  Uslubiy betaraf leksika haqida gapiring.  
46.  Uslubiy xoslangan leksikaga tavsif bering.  
47.  Badiiy leksika haqida gapiring. 
48.  So‘zlashuv leksikasiga tavsif bering. 
49.  Frazeologiya atamasini tavsiflang. 
50.  Frazeologizm  nima? 
51.  Frazeologizmdagi semantik munosabat haqida gapiring. 
52.  Frazeologik sinonimiya nima? 
53.  Frazeologik antonimiya haqida gapiring. 
54.  Maqollardash shakl va mazmun o‘ziga xosligi nimada? 
55.  Matallarning shakllanish asoslari haqida nima bilasiz? 
56.  Tasviriy ifodaning tildagi o‘rni va roli haqida gapiring. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin