Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


varaqlaridan  tashkil  topgan,  muqovalangan,  bosma  yoki  qo‘lyozma



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   234
hozirgi ozbek tili

varaqlaridan  tashkil  topgan,  muqovalangan,  bosma  yoki  qo‘lyozma 
holdagi o‘qish quroli]) shart emas. Shu boisdan qolip haqida gap ketganda, 
uning shakl tomonini qayd etish kifoya qiladi. 


Ma’ruza matnlari.  
 
28 
 
 
Mustaqil o‘qish uchun 
Rimliklar bahsi 
Darsliklar har doim ham sevimli bo‘lavermaydi. Lekin rus olimi Aleksandr Aleksandrovich 
Reformatskiyning rus tilidagi “Tilshunoslikka kirish” kitobi, mana, bir necha talabalar avlodining 
sevimli darsligiga aylanib qolgan va shunga munosib ham. Uning til birliklari tavsifi bag‘ishlangan 
bir parchani keltirish bilan fikrimizni asoslaymiz. 
“Til strukturasiga qanday birliklar kirishini aniqlash uchun quyidagi tahlilni keltiramiz: ikki 
nafar rimlik “kim eng kichik jumla ayta oladi” degan masalada bahslashib qolishibdi. Shunda biri 
debdi: 
–  Eo rus (“Men qishloqqa!”). 
Ikkinchisi debdi: 
–  I (“Boraver”)! 
Bu eng kichik, shu bilan birga, barcha jumlalarga xos belgilarga ega bo‘lgan to‘la ma’nodagi 
tugal jumla. Xo‘sh, bu jumlaning elementlari qaysilar? 
1)  [i] – fonemaning nutqiy varianti, quloq bilan eshitiladi, i harf sifatida ko‘z bilan ko‘rilib, 
o‘qiladi; 
2)  i – o‘zak (umuman olganda, morfema), qandaydir tushunchani ifodalaydigan element, 
birlik; 
3)  i – muayyan hodisani anglatuvchi so‘z (bo‘yruq maylidagi, ikkinchi shaxsdagi, hozirgi-
kelasi zamon fe’li); 
4)  i – axborot mazmuniga ega bo‘lgan shaxsi aniq, yig‘iq, sodda gap. 
Kichkinagina “i” da tilning barcha birliklari mujassam: 1) fonema; 2) morfema; 3) leksema; 
4) sintaktik qurilma. 
Tilda shundan boshqa xildagi narsa yo‘q bo‘lishi ham mumkin emas.  
Nega  olim  til  strukturasini  tushuntirish  uchun  aynan  shu  misolni  keltirdi.  Tilda  miqdor 
emas, balki sifat rol o‘ynaydi. Demak, til miqdoriy emas, balki sifatiy birliklardan iborat. Sifat esa 
vazifa, funksiya demakdir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin