Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   234
hozirgi ozbek tili

 
 
Yo‘l-yo‘lakay bajarish uchun  
Mustaqil  ravishda  undosh  fonemalarning,  kelishik  sistemasining,  WPm  sistemasining 
elementlariga xos sistem belgilarni aniqlashga harakat qiling. 
 
 
4.  Lisoniy  paradigma  turlari.  Paradigma,  qamroviga  ko‘ra,  katta  va 
kichik,  tashqi  va  ichki  paradigmalarga  bo‘linadi.  Bu  paradigmalar  bir-biriga 
nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar (katta yoki tashqi) paradigmasi jarangli 
va jarangsiz ungoshlar (kichik yoki ichki) paradigmalariga bo‘linadi.  
Fonemalar  sistemasi  fonetik  (yoki  fonetik-fonologik)  paradigma 
deyiladi. 
Semantik-grammatik  umumiylikka  ega  bo‘lgan  leksik  birliklar  lug‘aviy 
paradigmani  tashkil  etadi.  Sinonimik,  antonimik,  graduonimik  qatorga 
birlashgan  leksemalar  sistemasi,  alohida  lug‘aviy  guruhlar  leksik 
paradigmalardir.  Ular  yuqorida  paradigmaga  qo‘yilgan  talablarga  to‘la  javob 
beradi.  lug‘aviy-mavzuiy  to‘da,  lug‘aviy-mazmuniy  maydon,  so‘z  turkumlari 
ham yirik (makro) paradigmani tashkil etadi.  
Morfologik  kategoriya  (morfologik  shakllar  sistemasi)  –  morfologik 
paradigmadir.  
Sintaktik qoliplar sistemasi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik 
paradigma  ikkiga  –  gap  paradigmasi  va  so‘z  birikmasi  paradigmasiga 
bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki – sodda gap qoliplari va qo‘shma gap 
qoliplari ichki (mikro) paradigmasiga bo‘linadi. 
 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin