giponimik munosabat deyiladi. Partonimik munosabatga kirishuvchi qismni
ifodalovchi birliklar partonim, giponimik munosabatga kirishuvchi jins
nomlari giponim deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonimdir.
Paradigmatik munosabatga kirishayotgan birliklar teng qiymatli bo‘lsa,
pog‘onali munosabatga kirishayotgan birliklar o‘zaro “kattaning kichikka”,
“tashqining ichkiga”, “butunning bo‘lakka” munosabatini o‘zlarida ifodalaydi
va teng qiymatli bo‘lmaydi.
Mantiqiy mushohada uchun 1.Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri? 1. Salim – odam. 2. Odam – Calim. Fikringizni
asoslang.
2. Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri? 1.O‘rik abrikosdir. 2.Abrikos o‘rikdir. Fikringizni
asoslang.
3. So‘fi Olloyorning “sifot (Haqning) zoti emas, na g‘ayri zoti” misrasining mag‘zini chaqing.