Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ma’ruza matnlari.     9  Mantiqiy mushohada uchun



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   234
hozirgi ozbek tili

 


Ma’ruza matnlari.  
 

Mantiqiy mushohada uchun 
Quyidagi gaplarda nima ifodalanmaganligi uchun ular mazmunan qarama-qarshi? 
Jo‘shqin ...... semiz 
Jo‘shqin ...... oriq 
Jo‘shqin ...... baland 
Jo‘shqin ...... past 
Jo‘shqin ...... chaqqon 
Jo‘shqin ...... sust 
Jo‘shqin ...... bilimli 
Jo‘shqin ...... bilimsiz 
 
 
4.UMIS  va  AHVO  tushunchalari.  Dialektika  (narsa  va  hodisalarni 
qiyoslab,  umumlashma  xulosa  chiqaradigan  falsafiy  ta’limot)  har  qanday 
o‘rganish manbaida, borliqdagi har bir narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi 
va uni quyidagi ikki tomonli tushunchalar asosida sistemalashtiradi: 
umumiylik – alohidalik; 
mohiyat – hodisa; 
imkoniyat – voqelik;  
sabab – oqibat. 
Birinchi  jihat  (uni  tegishli  tushunchalarning  bosh  harflari  asosida 
qisqacha  UMIS  deb  ataymiz)  narsalarning  sezgi  a’zolari  asosida  his 
etilmaydigan, aql bilan idrok qilinadigan substansiyasi (mohiyati) dir. Ikkinchi 
jihat  esa  (AHVO  –  alohidalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat)  UMISning  voqelanishi, 
yuzaga  chiqishi,  namoyon  bo‘lishi  bo‘lib,  uni  tadqiqotchi,  o‘rganuvchi  kishi 
sezgi  a’zolari  yordamida  his  qila  oladi.  Masalan,  yuqoridagi  hikoyatda  ko‘zi 
ojizlar  aniqlagan  jihatning  har  biri  alohidalik  bo‘lsa,  orifning  bilimi 
umumiylikdir.  Obrazli  qilib  aytganda,  ko‘zi  ojizlar  AHVOlarni  aniqlashdi,  orif 
bu AHVOlar asosida UMISni tikladi.  
UMIS  (umumiylik,  mohiyat,  imkoniyat,  sabab)  va  AHVO  (alohidalik, 
hodisa,  voqelik,  oqibat)  munosabatini  yaqqolroq  tasavvur  qilish  uchun 
hammaga tushunarli bo‘lgan misolga murojaat qilamiz.  
Javonda beshta har xil kitob bor deylik, ular bevosita kuzatishda berilgan, 
kitoblarni  sezgi  a’zolari  yordamida  his  qila  olamiz.  Lekin  ongimizda  yaxlit 
umuman  kitob”  tushunchasi  mavjud.  U  borliqda  mavjud  emas, 
ko‘rganlarimiz,  eshitganlarimiz  asosida  ongimizda  aqliy  yo‘l  bilan  tiklangan. 
Falsafada  ana  shu  “umuman  kitob”гa  nisbatan  UMIS,  muayyan,  ko‘z 
oldimizda  turgan  kitobga  nisbatan  AHVO  atamasi  qo‘llanadi.  Bevosita 
kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar yordamida his qilish mumkin bo‘lgan 
AHVOdan biri boshqasisiz bo‘lmaydi. Masalan, “umuman kitob” tushunchasi 
xususiy, yakka, alohida kitoblar haqidagi tasavvurlardan tiklansa, yakka kitob 
“umuman kitob”ning voqelanishi, muayyanlashuvidir. UMIS va AHVOni farqli 
belgilari asosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-jadval): 
1-jadval 
UMIS 
AHVO 
Nomoddiy 
Moddiy 


Ma’ruza matnlari.  
 
10 
Takror 
Betakror 
Chekli 
Cheksiz 
va h. 
Buni quyidagicha sharhlash mumkin: 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin