9- ma’ruza
UNDOSH FONEMALAR PARADIGMASI
Reja:
1. Undoshlarning asosiy farqlovchi belgilari.
2. Undoshlarning zidlanishi.
Kalit tushunchalar
fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati, tovushning fiziologik jihati,
tovushning sotsial jihati, fonema, fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli
ziddiyat, muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat
O‘zlashtiriladigan tushunchalar
undosh fonema, lab undoshlari, til undoshlari, bo‘g‘iz undoshi, jarangli undoshlar,
jarangsiz undoshlar, portlovchi undoshlar, sirg‘aluvchi undoshlar, portlovchi-sirg‘aluvchi
undoshlar, korrelyativ belgi, korrelyativ bo‘lmagan belgi
1. Undoshlarning asosiy farqlovchi belgilari.Undosh fonemalarni
farqlovchi asosiy belgi quyidagilar:
a) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra;
b) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;
d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra.
Hozirgi o‘zbek tilida 24 ta undosh fonema bo‘lib, ularni yuqorida sanab
o‘tilgan belgilari bilan quyidagicha ko‘rsatish mumkin (2-jadval).
Boshqa sath birliklarida bo‘lgani kabi, fonemalarning asosiy belgilari
korrelyativ va korrelyativ bo‘lmaganlarga ajraladi. Ziddiyatda turgan
fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi –
Dostları ilə paylaş: |