Ma’ruza matnlari.
76
Mantiqiy mushohada uchun
Undoshlar bo‘yicha asosiy birlashtiruvchi belgisini topib, qatorni davom ettiring:
1)
tana, yanoq, karomat, qalamdon, ...
2)
havas, qish, kuldon, ...
Undoshlarning nutqiy voqelanishida lisoniy ziddiyatlarning
so‘nishi.Fonemalar nutqda voqelanar ekan, yuqorida aytilganidek, tovushlar
tarkibida egallagan o‘rni (pozitsiyasi), boshqa nutq tovushlari bilan
munosabatiga ko‘ra, o‘zining lisoniy sifatlarini saqlab qolishi ham, sharoit
taqozosiga ko‘ra ma’lum darajada yoki butunlay o‘zgartirib yuborishi ham
mumkin. Bunday o‘zgarishlar darajalanadi. Shu boisdan fonemaning nutqda
o‘zgarishlarini ikkiga bo‘lish mumkin:
1) miqdor o‘zgarishlari;
2) sifat o‘zgarishlari.
Buni dialektikadagi sifat o‘zgarishlarining miqdor o‘zgarishlariga o‘tishi
qonuni asosida tushuntirish va tushunish mumkin.
Mustaqil o‘qish uchun
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi – dialektikaning uchta qonunidan biri.
Bu qonunni faylasuf Hegel ta’riflab bergan. Unga ko‘ra, rivojlanish murakkab jarayon, taraqqiyotda
avval miqdor, keyin sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-
sekin ro‘y beradigan miqdor o‘zgarishidan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishi me’yor chizig‘iga yetgach,
sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola ulg‘ayayotganda jismoniy jihatdan ma’lum me’yorga
yetgach, yigit tusini oladi – unda yangi sifat paydo bo‘ladi. Yoki tungi qorong‘ulik kamayib, bu
kamayish ma’lum me’yorga yetgach, kunduz boshlanadi.
Miqdorning ma’lum bir darajasi yangi sifatni keltirib chiqaradi. Miqdor o‘zgarishining sifat
yangilanishini keltirib chiqarishi me’yor bilan belgilanadi. Masalan, 22- dekabrda tun va kun
tengligi mavjud. Bunda me’yor 12 soat. Tun bu me’yordan o‘tishi bilan yangi sifat – qish mavsumi
boshlanadi. 22 martda esa buning aksi yuz beradi.
Miqdor o‘zgarishi nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat o‘zgarishi uzilishli, sakrashsimon
bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida eski sifatning yangi sifatga aylanishi
uzluksizlikning uzilishi yoki
sakrash deb ataladi.
Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir bo‘ladigan burilish nuqtasi, taraqqiyot
zanjiridagi zaruriy halqa.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni dialektikaning boshqa qonunlari
singari ilmiy bilish va amaliy faoliyat uchun katta ahamiyat-ga ega. U bizga tilning ham rivojlanish
jarayonini to‘g‘ri tushunib olish, lison va nutq hodisalarini to‘g‘ri baholashga yordam beradi.
Fonemalarning nutqda o‘z lisoniy xususiyatlarini o‘zgartirishi meyor
chizig‘iga yetmasa, bu nutq tovushi shu fonemaning AHVOsi, tajallisi bo‘lib
qolaveradi. Masalan,
qo‘lim so‘zida [
o‘] tovushining ta’sirida [
i] fonemasi o‘z
xususiyatini biroz o‘zgartiradi. Ya’ni unda lablanmaganlik lablanishga tomon
o‘sadi, lekin bu o‘zgarish meyordan o‘tmaydi. Natijada sifat o‘zgarishi yuz
bermaydi – [
i] tovushi [i] fonemasi doirasidan chiqib ketmaydi. Biroq
iqtisod
so‘zida [
q] fonemasi talaffuzda [
t] tovushining ta’sirida [
x] tovushi
Ma’ruza matnlari.
77
xususiyatlariga ega bo‘lib qoladi, chunki [q] fonemasi voqelanishidagi
o‘zgarish meyor chizig‘idan o‘tib ketadi. Natijada yangi sifat – yangi tovush
vujudga keladi. Garchi imloda ushbu o‘rinda
q yozilsa ham, talaffuzda
x
tovushini aytamiz.
Dostları ilə paylaş: