Eslatma Biz tovushlarga baho berishda, nutq tovushlarini tahlil qilishda ko‘pincha harflarni nazarda
tutayotganligimizni bilmay qolamiz. Masalan, pedagogga so‘zi tahlilida uning yozilishini e’tiborga
olib, ikkita [g] tovushi borligini qayd qilamiz. Ammo talaffuzda ikkita [k] tovushlari borligini
nazardan qochirmaslik kerak.
Fonetik tahlilda harflar emas, balki tovushlar e’tiborga olinishi lozim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Undosh fonema nima?
2.Lab undoshi qaysilar?
3.Til undoshi qaysilar?
4. Qaysi undosh bo‘g‘iz undoshi?
5.O‘zbek tilida jarangli undoshlar nechta?
6.O‘zbek tilida jarangsiz undoshlar nechta?
7.Portlovchi undosh qanday hosil bo‘ladi?
8.Sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi?
9.Portlovchi-sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi?
10.Korrelyativ belgi nima?
11.Korrelyativ bo‘lmagan belgi nima?