Ma’ruza matnlari.
91
Demak, ayrim yasama so‘zlar qolipdan chiqib, davr o‘tishi bilan qolipdan
uzoqlashib, leksemalashadi – tayyor holga kelib qoladi.
Mustaqil o‘qish uchun
Ma’naviyat leksemasi etimologiyasiga doir
Olimlar
ma’naviyat so‘zi (o‘zagi ma’na) sanskrit tilidagi “ma’nas” atamasi asosida vujudga
kelganligini faraz qilishmoqda.
Talqinlarga ko‘ra, hindlarning ilk falsafiy fikrlari yozilgan vedalar yunon va arab falsafasidan
ancha avval shakllangan. Ularning ba’zi tushunchalari Sharq xalqlari tomonidan o‘zlashtirilgan.
Yaqin Sharqdagi ayrim qadimiy falsafiy tushunchalar esa hindlar tomonidan qabul qilingan.
Buhozirgi Hindiston, Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining mushtarak madaniatidaham ko‘zga
tashlanadi.
Javoharla’l Neru “Jahon tarixiga nazar” kitobida yozoshicha, ayrim sohalar – tibbiyot va
riyoziyot kabilarda arablar ko‘p narsani Hindistondan o‘rgandilar. Bog‘dodga bu zamindan ko‘plab
riyoziyotchi olimlar kelishardi. Arab talabalari esa Shimoliy Hindistondagi tibbiyotga
ixtisoslashgan, o‘zining buyukligini saqlab qolgan Takshashila dorilfununiga borar edilar. Tibbiyot
va boshqa sohalar bo‘yicha kitoblar sanskritdan arab tiliga tarjima qilinar edi.
Ma’nas sanskrit tilida “aql” degan ma’noni bildirgan. Qadimgi hind falsafasining asosiy
tushunchalaridan biri sifatida u ong ko‘rinishlari – aql, fahm-farosat, hissiyot, tuyg‘u, sezgi, iroda
kabilarning manbai. Ma’nas tanaga xos–u bilan paydo bo‘ladi va birga o‘ladi. Vedalarda uning
qalbda joylashganligi aytilgan. Jaloliddin Rumiy ijodida ham
ma’nas so‘zi yuqoridagilarga mos
ma’no-mohiyatga ega. “Farhangi zaboni tojik”da ma’nas “mahalli unsu ulfat”, ya’ni “do‘st va ulfatlar
makoni” deb izohlanganligi ham mazkur fikrlarning isboti bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: