Ma’ruza matnlari.
92
ham faqat zaruri voqelikka aylanadi. Zero, dialektika uqtirganidek, mohiyat
bir hodisada bus-butun yuzaga chiqmaydi, imkoniyat to‘la voqelanmaydi.
Nutqiy
voqelanish uning bir zarrasi, xolos.
Leksema so‘zdan boyroq va kengroq. Biroq so‘z nutqda turli «begona» –
bevosita leksemaga aloqador bo‘lgan lisoniy va aloqador bo‘lmagan
kontekstual hodisalar bilan «boyitilgan», nutqda voqelanish uchun
shakllantirilgan bo‘ladi. Leksemaning «boy»ligi «o‘ziniki»dir. So‘z esa,
aytilganidek, o‘z asosidagi leksemaga tegishli bo‘lmagan boshqa nolug‘aviy
omillar – fonetik, morfologik, sintaktik uslubiy mohiyatlar hamda nolisoniy
hodisa zarralarini biriktirib, o‘ziga tegishli bo‘lmagan hodisalar hisobiga
«boyiydi».
Dostları ilə paylaş: