Ma’ruza matnlari.
107
muloqot qiladi. Masalan, Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda
gaplashadi. Xitoy tilida hozirgi kunda bir milliarddan ortiq kishi gaplashsa, chukot
va vele tilida bor-
yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi muloqot qiladi, xolos. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq o‘z
tiliga ega.
Tillarning asosiy qismi tropik mamlakatlarda joylashgan. Yevropada bor-yo‘g‘i 240 til mavjud
bo‘lsa, Afrikada 2000, Osiyoda 2300 til mavjud. Yangi Gvineya orolida 1200 til amal qiladi.
Dog‘istonda 1 mln dan ortiq kishi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda gaplashadi. 2002- yilda
Rossiyada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijasiga ko‘ra, Dog‘istondagi bagulal tilida 40,
chamala tilida 12, kaytags tilida 5 kishi muloqot qilishi aniqlangan. Dunyodagi eng katta tillar
olinadigan bo‘lsa, hisob-kitobga ko‘ra, 200 tilning har birida 1 mlndan ortiq, 70 tilning har birida 5
mln dan ortiq, faqat 13 tilning har birida 50 mln dan ortiq kishi gaplashadi.
Tillarning 80 % i o‘rta va kichik tillar hisoblanadi. Ularning har birida 100 mingdan kam kishi
gaplashadi. Dunyo tillarining uchdan bir qismida 1 mingdan kam kishi muloqot qiladi. Dunyo
aholisining 80 % i 84 ta (ingliz, xitoy, rus, nemis, yapon, hind, ispan, portugal, yoruba (Nigeriya
(26,5 mln), fors, o‘zbek tili kabi) yirik tillarda gaplashishadi.
Til moddiy va ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi hisoblanadi.
YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi yaqin vaqtda o‘zining oxirgi
sohiblaridan ham ajralishi mumkin. O‘lik tilga aylanib ketayotgan bu tillarni saqlab qolish insoniyat
oldidagi o‘tkir muammolardandir. Shuning uchun 1999- yil 17- noyabrda YUNESKOning Bosh
anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro ona tili kuni 21- fevral (International Mother Language
Day), 2000- yilning fevralidan boshlab har yili lisoniy va madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni
ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi. O‘z navbatida, BMT Bosh assambleyasi
o‘z rezolyutsiyasida 2008 yilni Xalqaro tillar yili (International Year of Languages) deb e’lon qildi.
Dostları ilə paylaş: