Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   234
hozirgi ozbek tili

Izhor nazariyasi. Bu nazariyaning asoschisi Al-Ashafiy deya e’tirof etiladi. Biroq bu ta’limot 
undan-da  ilgari  Abu  Ali  al-Jubba’  ishlaridayoq  ilgari  surilgan  edi.  Izhor  nazariyasining  asosini 
qur’oniy ta’limot – til va so‘zlarni Alloh Odamga tayyor holda in’om etganligi, izhor etganligi tashkil 
qiladi.  IX  asrda  rasmiy  islomiy  ilohiyotda  –  Kalomda  izhor  nazariyasi  qabul  qilinib,  mutazalliylar 
yon bosgan ijtimoiy kelishuv nazariyasi shakkoklik sifatida qoralandi.  
Ilhom nazariyasi. Bu ta’limotga ko‘ra, birinchidan, insoniyatning birinchi umumiy tili – arab 
tili bo‘lgan va u Olloh tomonidan yaratilgan. Olloh bu tilning butun boyligini Odam Atoga birdaniga 
bermagan  –  Tangri  izhorlarining  mahsuli  bo‘lgan  arab  tili  asoslari  bilan  oz  miqdordagi  leksika 
Odamga  berilgan.  Keyinroq  esa  zarurat  asosida  barcha  qabilalarga  qo‘shimcha  ravishda  berib 
borilgan  va  boyitilib-boyitilib,  faqatgina  Muhammad  alayhissalomga  tilning  butun  boyligi  ma’lum 
qilingan.  
Bu  islomiy  nazariyalarning  barchasida  tilning  rivojlanish  manbai  ikkita  –  Alloh  va  odam, 
jamiyat ehtiyojlari. Alloh tilni, uning ichki qonuniyatlarini belgilagan va Odamga berganligi haqida 
qarashlar ustuvorlik qiladi.  


Ma’ruza matnlari.  
 
110 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin