Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Ayrim qarashlarga ko‘ra, Odam farzandlari hayot va jamiyat
ehtiyojlari asosida tilni Alloh belgilagan qonuniyatlar (yangi so‘zlar yasash, boshqa tillardan so‘z
qabul qilish, so‘z va qo‘shimchalarni boshqa – ko‘chma ma’nolarda qo‘llash, ijtimoiy kelishuv, shoir,
voiz va adiblar nutqining ta’siri kabilar) asosida boyitib, o‘z ehtiyojlariga moslashtirganlar.
Jumladan, Al-Harasiy ijtimoiy kelishuv nazariyasi borasida ta’kidlashicha, jamiyatda til predmet va
tushunchalarga ishora qilish, shuningdek, fikrni bir-biriga ma’lum qilish uchun kerak bo‘lgan.
Dastlab til faqat undoshdan iborat edi, biroq keyinroq odamlar ikki, uch, to‘rt, besh undosh va
unlilardan iborat bo‘g‘in va affikslar hosil qilganlar va nihoyat til yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |