Ma’ruza matnlari.
115
va, shu asosda, yangi sememalar shakllanadi. Ular leksemaning bosh
sememasiga nisbatan hosila semema maqomiga ega bo‘ladi.
Hosila semema bir necha yo‘l bilan vujudga keladi: metafora, metonimiya,
sinekdoxa va vazifadoshlik kabi. Quyida ularning har biriga alohida-alohida
to‘xtalamiz.
Metafora (gr.
metaphora – ko‘chirish)
– narsa va hodisalar mohiyatidagi
o‘xshashlik asosida biror leksemaning o‘z xususiy ifodalanmishidan boshqa
narsa va hodisalarni atash uchun ishlatilishi.
Formal va substansial tilshunoslikda metafora nisbatan forqlanadi. Tilni
metaforasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular turli-tuman va sanoqsiz. Formal
tilshunoslik barcha metaforik ma’nolarni tahlil etaversa, substansial
tilshunoslik faqat barqarorlashgan, lisoniy tabiatga ega bo‘lgan metaforik
ma’nolar ustida ishlaydi. Субстанциал ёндашув метафорик маъно talqinida
ham lison va nutqning izchil farqlanishiga qatiy rioya qiladi hamda metaforik
sememaga UMIS sifatida munosabatda bo‘ladi.
Metaforik semema hosil bo‘lishi uchun quyidagilardan biri sabab bo‘ladi:
1) bir leksema boshqa leksemaga nisbatan so‘zlovchining ifoda
maqsadiga ko‘proq mos va muvofiq bo‘ladi va shuning uchun birinchisi
o‘rnida ikkinchisi qo‘llanadi;
2) biror denotatning ifodalovchisi bo‘lmaydi va ma’lum bir leksema
boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi.
Demak, birinchi holda ko‘chirilayotgan leksema denotatning ikkinchi
atamasi bo‘lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. Masalan,
quyi leksemasi
anglatadigan ma’noni
etak лексемаси qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois
tog‘ning quyi tomoniga nisbatan
etak leksemasi ishlatilgan. O‘zbek tilida
dengizdagi o‘ziga xos jo‘g‘rofiy o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois
qo‘ltiq
leksemasi unga nisbatan ham qo‘llanadi.
Metafora hodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe’lda uchraydi:
Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida
uchmoq fe’li
ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga
o‘xshaydi.
Shu boisdan uchmoq fe’li ifodalagan keyingi semema metaforikdir.
Metafora hosila семема hosil qilishning keng tarqalgan usuli sifatida
badiiy uslubning, nutqning eng muhim vositasidan hisoblanadi. Tilning
go‘zalligi va jozibadorligini ta’minlashda metaforalar muhim rol o‘ynaydi. Shu
boisdan jahon tilshunosligida metaforani o‘rganuvchi soha (metaforalogiya)
alohida yo‘nalish sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida metaforalarning
o‘rganilishi hali ancha sust kechmoqda. Bu tilshunosligimizning istiqbolli
yo‘nalishlaridan biri maqomiga ko‘tariladi.
Metaforik hosila ma’no nutqda juda ko‘p uchraydi. Ammo ularning
lisoniylashgani – sememaga aylangani nisbatan kam.
Qanot (samolyot),
uchmoq,
og‘iz (qop) kabi leksemalarning ushbu hosila ma’nosi metaforik
semema.
Metaforik yo‘l bilan hosil bo‘lgan semema davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xos
atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil
Ma’ruza matnlari.
116
holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,
adabiyotshunoslik termini sifatidagi
fojiaifodasi umumiste’mol qo‘llanishdagi
fojia so‘zidan ma’noviy jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik
munosabatga ega bo‘lgan. Shuningdek, jo‘g‘rofiy termin bo‘lgan
qo‘ltiq
umumiste’moldagi
qo‘ltiq leksemasining omonimiga aylangan.
Sinekdoxa (gr.
synekdoche – “nisbatlash”) yo‘li bilan hosil qilingan
ko‘chma ma’no deganda, biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash
va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u mansub butunni atash tushuniladi:
1.
Besh qo‘lini og‘ziga tiqadi. 2. Ochildiboy
tirnoqqa zor edi. Sinekdoxik yo‘l
bilan hosil qilingan ma’noni ham lisoniy va nutqiy ma’noga bo‘lish mumkin.
Masalan, keltirilgan
qo‘l,
tirnoq leksemalarining sinekdoxik ma’nosi
sememalashgan.
Dostları ilə paylaş: