Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Eshik – uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‘rnatilgan ochib- yopib turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457).  3.  Darvoza



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   234
hozirgi ozbek tili

2. Eshik – uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‘rnatilgan ochib-
yopib turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457). 
3.  Darvoza  –  hovli,  qo‘rg‘on,  qal’a,  zavod  va  shu  kabilarga  kiriladigan, 
ochib-yopiladigan katta eshik, qopqa (O‘TIL, I, 209). 
Ajratilgan so‘zlar miqdoriy ko‘rsatkichlarni ifodalovchi leksemalardir. Bu 
darcha  leksemasi  izohidagi  kichkina  va  eshikcha  so‘zlari,  darvoza  leksemasi 
izohidagi katta so‘zi. 
Boshqa bir leksema qatorini olamiz: gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – 
qirmizi. 
Bu leksemalar qayd etilgan lug‘atda quyidagicha izohlangan: 
1. Gulobi – gulob rangli, pushti (O‘TIL, I, 197). 
2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil (O‘TIL, II, 608). 
3.  Qizg‘ish  –  qizilga  moyil,  qizilga  yaqin  rangdagi,  qizg‘imtir  (O‘TIL,  II, 
573) 
4. Qizil – qon rangidagi, qirmizi, olvali (O‘TIL, II, 570). 
5. Ol – qizil, qirmizi (O‘TIL, II, 529). 
6. Qirmizi – qizil rangli, qizil, ol (O‘TIL, II,581). 
Bu  tavsif,  albatta,  mukammal  emas.  Chunki  ular  o‘zining  graduonimik 
sistemasidan  uzib  tavsiflangan.  Agar  ular  bir  sistema  a’zolari  sifatida  tahlil 
etilsa, quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishar edi: 
1. Gulobi – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil bo‘yoqli rang. 
2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq. 
3. Qizg‘ish – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir rang. 
4. Qizil – qon rang. 
5. Ol – qizildan to‘qroq rang. 
6. Qirmizi – to‘q qizil rang. 
Bu leksemalar denotativ ma’nolaridagi rangning miqdoriy semasi asosida 
quyidagicha darajalanadi: 
«qizillik» 
 
-3          -2         -1              0            1            2 
gulobipushtiqizg‘ishqizilolqirmizi 
   
Demak, lug‘aviy graduonimik qatorni ajratish uchun ma’noviy omil o‘zaro 
yaqin  tushunchani  ifodalovchilar  sirasidagi  har  bir  leksemada  ma’lum  bir 
belgining  turlicha  darajalanishiga  ishora  mavjudligida  namoyon  bo‘ladi.  Shu 
asosda ma’noviy omilning o‘zi ikki turga bo‘linadi: 
1) bir-biriga yaqin va o‘xshash tushunchani ifodalashi; 
2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi. 


Ma’ruza matnlari.  
 
126 
Graduonimik qator lug‘aviy paradigmaga qo‘yiladigan quyidagi talabning 
barchasiga javob berdi: 
1)  lug‘aviy  paradigmaning  bitta  yetakchi  leksema  (dominanta)  atrofida 
birlashishi; 
2) lug‘aviy paradigmaning ochiqligi; 
3)lug‘aviy paradigmaning boshqa kattaroq paradigma tarkibiga yetakchi 
leksema bilangina kirishi; 
4)lug‘aviy  paradigmadagi  qurshov  leksemaning  dominant  leksema  bilan 
osonlikcha almashtirila olishi. 
Demak,  leksemalararo  lisoniy  munosabat  sanaluvchi  graduonimiya 
hodisasi  bir  necha  leksemaning  ma’lum  bir  belgining  oz-ko‘pligiga  qarab, 
lug‘aviy  ma’noviy  qatorda,  sistemada  namoyon  bo‘lishi  bo‘lib,  bunda 
dominanta va qurshov leksema farqlanadi. 
Lug‘aviy  graduonimik  qatorda  dialektikaning  eng  umumiy  qonunlari 
mavjud: 
a)  graduonimik  qatorda  belgining  darajalanib,  oshib  yoki  kengayib 
borishida miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni tajallilanadi; 
b) graduonimik zanjirning ikki chekka uchi ma’lum bir belgining tasdig‘i 
bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor qonuni namoyon bo‘ladi; 
d)  bir-birini  inkor  etuvchi  (antonimik  munosabatda  turgan) 
leksemalarning  bir  yetakchi  leksema  (dominanta)  atrofida  birlashib,  bir 
lug‘aviy  ma’noviy  qatorni  –  paradigmani,  butunlikni  tashkil  etishda  qarama-
qarshilik birligi va kurashi qonuni voqelanadi.  

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin