Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi.   Daraxt



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   234
hozirgi ozbek tili

Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi.  
Daraxt: olma – o‘rik – shaftoli – behi. 
Daraxt giperonimi tur tushunchasini ifodalovchi leksema sifatida, birinchi 
navbatda,  shu  turning  jinsini  bildiruvchi  so‘z  bilan  bog‘lanadi.  Daraxt 
leksemasi uning jinsi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim 
giponim  o‘rnida  qo‘llanganda  uning  mohiyatini  yorqin  ifodalay  olmaydi.  Shu 
boisdan  o‘z  oldidan  giponimni  aniqlovchi  sifatida  qabul  qiladi:  o‘rik daraxti, 
shaftoli daraxti kabi. 
Giponim 
leksemaning 
sememasi 
giponim 
leksemalar 
uchun 
birlashtiruvchi  sema  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Masalan,  daraxt  giperonim 
leksemasining  sememasi  “tanasidan  shoxlanuvchi  o‘simlik”  bo‘lib,  “qizil, 
yashil,  yoki  sariq  rangli  yong‘oqdan  piyolagacha  bo‘lgan  hajmdagi  sersuv 


Ma’ruza matnlari.  
 
128 
meva beruvchi daraxt” sememasiga ega olma leksemasining “daraxt” semasi – 
daraxt giperonim leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi. 
Giperonimning  ma’nosi  giponim  leksemanikiga  nisbatan  kengroq  va 
“xiraroq”  (noaniqroq),  giponim  leksemaning  ma’nosi  esa  giperonimnikiga 
nisbatan torroq va “yorqinroq”. Shu boisdan, aytish mumkinki, giperonimning 
ma’noviy mohiyati barcha giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng. 
Aytilganidek,  daraxt  mevali  va  mevasiz  daraxtga  bo‘linadi.  Demak, 
borliqdagi bu bo‘linish giponimiya hodisasi sifatida tilda ham aks etadi. Lekin 
daraxtning  mevali  va  mevasiz  turini  ataydigan  alohida  leksema  o‘zbek  tilida 
yo‘q. Demak, giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘shliq) hosil 
qiladi.  Leksik  lakunani  turli  nutqiy  nominativ  birlik  to‘ldiraverishi  mumkin 
(Masalan: mevali daraxt va mevasiz daraxt so‘z birikmalari). 
Har  bir  gipo-giperonimik  qator  cheklanmagan  miqdorda  lug‘aviy 
lakunaga  ega  bo‘ladi.  Bu  bo‘shliq  ayni  bir  turning  turli  belgisi  bilan 
cheklanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum 
nomini biluvchi odam uchun o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 
tasi  lug‘aviy  lakuna  hisoblanadi.  Demak,  lakunalar  ijtimoiy  ham  (“mevali 
daraxt” va “mevasiz daraxt” tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual 
ham (mavjud leksemani ma’lum bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin