Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   234
hozirgi ozbek tili

Bo‘yoqdor  leksika.  Bunday  leksemaning  kishi  hissiy  munosabatini 
ifodalovchi  ifoda  semasi  bo‘rtib  turadi:  ulkan,  badnafs,  qiltiriq,  oniy,  tashrif
orazyovqurmahliqobadbashara va h. 
Bo‘yoqdor  leksemaning  ifodaviyligi  ijobiy  yoki  salbiy  bo‘lishi  mumkin. 
Shunga  ko‘ra  bo‘yoqdor  leksemalar  ijobiy  bo‘yoqdor  leksema  va  salbiy 
bo‘yoqdor leksemaga bo‘linadi. 
Ijobiy  bo‘yoqdor  leksema  so‘zlovchining  borliq  hodisasiga  ijobiy 
munosabatini  ifodalaydi  va  ular  sememalarida  tegishli  ifoda  semalari  ijobiy 
bo‘ladi.  Misollar:  1.Onam  deganimda,  oqsoch,  jafokash  munis  va  mehribon 
chehrang bo‘lar namoyon  (G‘.G‘ul.).      2.  U hamisha kulib, jilmayib turadigan 
mehribon chehrani ko‘rmadi  (M.Ism.).  3.  Orazin yopqoch, ko‘zimdan sochilur 
har lahza yosh (Nav.)  
Salbiy  bo‘yoqdor  leksema  borliq  hodisasiga  so‘zlovchining  salbiy 
munosabatini ifodalaydi  va ular  sememasida  salbiy  munosabatni ifodalovchi 
sema  bo‘rtib  turadi.  Misollar:  1.  So‘ngra  yakkam-dukkam  iflos  tishlarini 
yashirgan og‘zini katta ochib esnadi, go‘yo uning butun badburush yuzini og‘iz 
qopladi  (Oyb.)  2.  U  bir  ko‘ngli  borib,  muttaham  qozining  tumshugiga 
tushirgisi, yo iflosbasharasiga tupurgisi keldi. (M.Ism.)  
Ijobiy  bo‘yoqdor  leksema  nutqda  salbiy  bo‘yoqdor  leksema  o‘rnida 
voqelanishi  mumkin.  1.  Jamolingizni  (“basharangizni”ma’nosida)  boshqa 
ko‘rmay! 2. Rosaxursand qildingiz  (“xafa qildingiz” ma’nosida).  
Leksemaning ijobiy va salbiy bo‘yog‘ini ijobiy va salbiy ma’nodan farqlash 
kerak. Masalan, yaxshi leksemasi ijobiy ma’noga ega, ammo uning ifoda semasi 
bo‘yoqdorlikni  ko‘rsatmaydi,  ya’ni  u  bo‘yoqsizdir.  xunuk  salbiy  ma’noga  ega 
bo‘yoqsiz leksema. 
 
 
 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin