Mavhum sistema Muayyan sistema [ruboiy] “G‘urbatda g‘arib...” Nomoddiy
Moddiy
Ongda
Ongdan tashqarida
Elementlari geterogen (har xil)
Elementlari geterogen (har xil)
Elementlari orasida bog‘lanish
munosabati mavjud
Elementlari orasida bog‘lanish
munosabati mavjud
Ko‘rilganidek, ayrim mavhum sistemalarning borliqda nusxasi bo‘lsa
(masalan, kitob leksemasining nusxasi kitob so‘zi, ruboiy sistemasining
nusxasi muayyan bir ruboiy), boshqasi nusxasiz bo‘ladi (masalan, kelishik
sistemasi, adabiy turlar sistemasi). Aniqrog‘i, nutqda kitob so‘zi mavjud,
lekin oltita kelishik yaxlitligidagi nutq hodisasi, adabiy turlar sistemasining
nusxasi bo‘lgan badiiy hodisa yo‘q. Nusxali mavhum sistemani prototipli
sistema, nusxasiz sistemani prototipsiz sistema sistemasi) deyish ham
mumkin.