Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  Tilda  assosiativ  munosabat



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   234
hozirgi ozbek tili

2.  Tilda  assosiativ  munosabat.  Sistemadosh  (bir  sistemaga  mansub) 
lisoniy  birliklar  bir-birini  eslatib  turadi.  Shu  boisdan  ular  jamiyat  a’zolari 
ongida  bir  tizimga  birlashgan  holda  yashaydi.  Masalan,  [a]  fonemasi  [o
fonemasini, [u] fonemasi [o‘] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. 
Umuman  olganda,  bir  unli  boshqa  unlini  eslatadi.  Bu  ushbu  unlilarning  bir 
sistemaga  kirishi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  Bu  fikr  undosh  fonеmalarga  ham 
taalluqli. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. 
Chunki ular ikki sistema – unlilar va undoshlarsistemasiga kiradi. Unlilar bir-
birini  unlilar  sistemasida,  undoshlar  esa  undoshlar  sistemasida  eslata  oladi. 
Hatto  [u]  fonemasining  [a]fonemasini  eslatishi  o‘z  sistemadoshi  bilan 
birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari ichki, mikrosistema 


Ma’ruza matnlari.  
 
33 
hosil  qilib,  birgalikda  boshqa  fonema  juftliklarini  eslatadi.  Bir-birini  eslatib 
turish assosiativ munosabat deyiladi.  
Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [yuz] leksemasi, 
bir  tomondan  [bet],  [chehra],  [jamol],  [oraz]  kabi  birliklarni,  ikkinchi 
tomondan,  [burun],  [ko‘z],  [quloq],  [qosh],  [lab]  leksemalarini  eslatadi  va 
bunda u ikki sistemaning a’zosi ekanligini namoyon qiladi. 
Bir-birini  eslatuvchi  birliklar  umumiy,  o‘xshash  belgi-xususiyatga  ega 
bo‘ladi. Ana shu o‘xshashlik va umumiylik ularni birlashtiruvchi, bir sistemada 
“ushlab  turuvchi”  belgilari  sanaladi.  Masalan,  unlilar  “sof  ovozga  egalik” 
umumiy  belgisi  ostida  birlashadi.  Ammo  ular  farqli  belgiga  ham  ega  bo‘lishi 
shart. Masalan, bu sistemada [a]“lablanmaganlik”, [o]“lablanganlik” farqlovchi 
belgisiga ega, “kenglik” belgisi esa ularni birlashtiradi. 
 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin