Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   234
hozirgi ozbek tili

Mustaqil o‘qish uchun 
Sistema shartlari 
Sistema  o‘zaro  munosabatlarga  kirishgan  elementlar  yaxlitligidir.  Sistema 
tarkibidagi elementlarning belgilari uch turga bo‘linadi: 
1.Sistemani tashkil etuvchi belgilar. 
2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar. 
3.Sistemaga betaraf belgilar. 
Buni  hayotiy  bir  dalil  bilan  asoslaymiz.  Deylik,  oila  bir  sistema.  Uning  tashkil 
etuvchilari,  ya’ni  elementlari  ayol  va  erkak.  Ayol  va  erkak  (elementlar)  quyidagi 
belgilarga ega бўлади: 
1.Sistemani tashkil etuvchi belgi: turli jinsga mansublik. 
2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar: erlik va xotinlik. 
3.Sistemaga betaraf belgilar: bu har bir oila sistemasida o‘ziga xos bo‘lishi mumkin.  
Har  bir  oila  o‘ziga  xos  alohida  sistema  bo‘lganligi  sababli  ularni  tashkil  etuvchi 
elementlarning  yuqorida  aytilgan  uch  belgisi  ham  o‘ziga  xos  bo‘lishi  mumkin.  Masalan, 
bir  oila  uchun  diniy  e’tiqod  birinchi  belgi  bo‘lsa,  u  boshqa  oila  uchun  uchinchi  belgi 
bo‘lishi mumkin.  
 Til sistemasi, uning ichki sistemalari ham xuddi shu qonuniyat asosida qurilgan. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin