Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   234
hozirgi ozbek tili

Mustaqil o‘qish uchun 
Sinonimlar paradigmami? 
Bir-biriga  sionim  bo‘lgan  so‘zlar  tizimini  paradigma  deyish  mumkinki?  Masalan:  Boqmoq, 
qaramoq, nazar tashlamoq, nigoh solmoq... kabi. Albatta, yo‘q deb javob beramiz. 
Bir-birini almashtiruvchi paradigma a’zolari pozitsiya,  qay o‘rinda kelishi  bilan  shartlangan 
bo‘ladi.  O‘rin,  pozitsiya  –  mana  paradigma  uchun  nima  muhim!  Shuning  uchun  paradigma 
a’zolarining  miqdori  cheklangan  va  aniq  bo‘ladi.  To‘g‘ri,  ba’zi  olimlar  o‘zbek  tilidagi  kelishiklarni 
ba’zan  7  ta,  ba’zan  8  ta  deyishadi.  Bu  paradigmaning  xususiyati  bilan  emas,  balki  ilmiy 
yondashuvlarning  tabiati  bilan  bog‘liq.  Bunga  qarama-qarshi  o‘laroq,  sinonimlarning  aniq 


Ma’ruza matnlari.  
 
36 
miqdorini  hech  kim  ayta  olmaydi.  Kontekstual  sinonimlar  qo‘shiladigan  bo‘lsa,  bu  yana 
qiyinlashadi.  Albatta,  sinonimlar  matn  bilan  juda  bog‘liq  va  ular  har  bir  alohida  pozitsiya  uchun 
xoslangan.  Lekin  sinonimlarni  har  holda  almashtirsa  bo‘ladi.  Shuningdek,  ularning  denotatlari 
(borliqda  ifodalaydigan  hodisalari)  ham  bitta.  Shu  bilan  birga,  ularning  qo‘llanishi  til  jamiyati 
tomonidan belgilanmagan, balki alohida so‘zlovchiga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi sinonimik 
qatorni qat’iy tartib asosida tashkil topgan, a’zolari aniq pozitsiya bilan bog‘langan paradigmadan 
farqlashga asos bo‘ladi.  

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin