Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə119/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Buyuk ko‘llar. Buyuk ko‘llar o‘lkasi Sharq TGR ning o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, u ko‘l va o‘rmon landshaft majmualaridan tashkil topgan. O‘lkaning shimoliy chegarasi Buyuk ko‘llarning shimoliy qirg‘oq chiziqlaridan
o‘tadi. G‘arbiy chegarasi Missisipi daryosining yuqori oqimigacha cho‘ziladi. Sharqda chegara vazifasini Kanada qalqonini Appalachi tog‘laridan ajratib turuvchi Shampleyn grabeni bajaradi. Janubda aralash va keng bargli o‘rmonlar bilan chegaralanadi.
Buyuk ko‘llar tabiiy geografik o‘lkasi nafaqat tektonik jihatdan, balki landshaft majmualarining xususiyatlari jihatidan ham o‘tkinchi xarakterga ega. O‘lka qalqonli sharoitdan platformali rejim hukmronlik qilayotgan makonga o‘tish oralig‘ida joylashganligi uchun uning hududida yangi tektonik harakatlar bir muncha kuchli namoyon bo‘ladi, chuqur tektonik vodiylar, ko‘l botiqlari, kuesta relyef shakllari keng tarqalgan. Buyuk ko‘llar o‘lkasi shu hududga xarakterli bo‘lgan yirik va chuqur ko‘llari, to‘g‘ri chiziqli daryolari, chuqur vodiylari, serostona va sharsharalari qisqa daryolari bilan qo‘shni o‘lkalardan farq qiladi. Buyuk ko‘llar o‘lkasida beshta yirik – Yukon, Michigan, Guron, Eri, Ontario va juda ko‘p mayda ko‘llar mavjud. Buyuk ko‘llar orasida eng kattasi Yuqori ko‘l (82 100 km2), kattaligi jihatdan Kaspiy ko‘lidan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va eng kichigi Ontario ko‘li (19 477 km2). Buyuk ko‘llarning qirg‘oq chiziqlarining umumiy uzunligi 10 490 km, suv hajmi 24 620 km3. Bu dunyo bo‘yicha chuchuk suvlarning eng katta miqdordagi zahirasidir.
Buyuk ko‘llar botig‘ining kelib chiqishi tektonik harakatlar, materik muzligidan oldin sodir bo‘lgan daryo eroziyasi, muz eroziyasi va akkumulyasiyasi jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘llarning dastlabki qiyofasi endogen va ekzogen kuchlar ta’sirida bir necha marta o‘zgarib, hozirgi ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Ko‘llarning shimoliy qirg‘oqlari kuchli parchalangan, baland, tabiati xushmanzarali, tik yonbag‘irlar keng tarqalgan. Ayniqsa, Yuqori va Guron ko‘llarining shimoliy qismi qizil, kulrang qumoq jinslardan, granitlardan va gneyslardan tarkib topgan bo‘lib, ular balandligi 200-270 m keladigan qoyali, tik tub qirg‘oqlarni hosil qiladi. Ko‘llarning janubiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlari past, lagunali, qumli va gilli. Michigan ko‘lining sohillarida balandligi 10-20 m keladigan dyunalar mavjud. Kuchli shamollar paytida ko‘llarda seyshlar hosil bo‘ladi. Seyshlarning balandligi 3-4 m ga yetadi. Ko‘llarning suv rejimiga va dinamikasiga oqimlar ham ta’sir etadi. Oqimlar soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.
Buyuk ko‘llar o‘lkasining iqlim sharoiti biroz kontinentalligi bilan xarakterlanadi. Bu o‘zining ifodasini haroratning fasllarga qarab keskin o‘zgarishida va atmosfera yog‘inlari rejimida topgan. Ayniqsa havo haroratining qish bilan yoz o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarda keskin farq borligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Barcha hududda qish oylarining o‘rtacha harorati manfiy. O‘lkaning shimoliy qismidan yanvarning -15°S li izotermasi o‘tsa, uning janubidan -5°S li izotermasi o‘tgan. Michigan ko‘lining janubiy sohillarida suvning ta’siri natijasida yanvarning o‘rtacha harorati -3°S gacha ko‘tariladi. Yoz oylari shimolda ancha iliq, janubda esa issiq. Iyulning o‘rtacha harorati o‘lkaning shimolida +20°S ni, janubida esa +25°S ni tashkil etadi. Buyuk tekisliklarga nisbatan Buyuk ko‘llar o‘lkasiga yog‘in ko‘p tushadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 750 mm ni tashkil etadi. Sharqqa tomon bu ko‘rsatkich 1000 mm gacha ko‘payadi, g‘arbga tomon bir muncha kamayadi. Atmosfera yog‘inlari o‘lka hududining hamma qismida deyarli bir tekis
taqsimlangan. Qishda yog‘in asosan qor shaklida yogadi va qor qoplami qalin bo‘ladi. Eng ko‘p yog‘in yoz fasliga to‘g‘ri keladi.
Buyuk ko‘llar o‘lkasida daryo va kanallar yaxshi ravojlangan. Yirik, o‘rtacha kattalikdagi va mayda ko‘llar juda ko’p. Daryolari Buyuk ko‘llar va Missisipi havzalariga qaraydi. Buyuk ko‘llarning suv yig‘adigan havzasining maydoni, ko‘llar sathi bilan birgalikda 772 000 km2 ga teng. Ko‘llar va daryolar qor, yomg‘ir va yer osti suvlaridan to‘yinadi. Ko‘llardan oqib chiqadigan daryolarning gidrologik rejimi va suv sarfi yil davomida bir xil taqsimlanganligi bilan boshqa o‘lkalarning daryolaridan farq qiladi. Ko‘l va daryolar dekabrda muz bilan qoplanib, aprel oyida muz qoplamidan ozod bo‘ladi. Ko‘llar baliqlar faunasiga juda boy. Bu yerda baliqlarning 28 oilasiga mansub 173 turi yashaydi. Zog‘ora va olabug‘a baliqlari ko‘pchillikni tashkil etadi. Sudak va osyotr baliqlari nisbatan keng tarqalgan, ko‘l foreli sanoat ahamiyatiga ega.
Buyuk ko‘llar o‘lkasi AQSh va Kanadaning aholi zich yashaydigan regioni hisoblanadi. Ko‘llar atrofida sanoati rivojlangan shaharlar ko‘plab joylashgan. O‘lkaning tabiiy landshaftlari antropogen omil ta’sirida kuchli o‘zgargan. Materikka yevropaliklar kelgunga qadar Buyuk ko‘llar o‘lkasining g‘arbida, janubida va sharqida qalin o‘rmonlar bo‘lgan. Mahalliy aholi – hindularning ovchi qabilalari mo‘ynali hayvonlarni ovlash bilan shug‘ullanganlar. Hozir esa o‘rmon massivlari kam joyda saqlanib qolgan. Haydalgan yerlar makkajo‘xori va bug‘doy ekinlari bilan band. Buyuk ko‘llar Shimoliy Amerikaning ichki hududlari, yirik daryolari va Atlantika okeani bilan suv yo‘llari orqali bog‘langan. Buyuk ko‘llardagi kema yo‘llarining uzunligi 3900 km ga yetadi. Ko‘llar va daryolar orqali temir rudalari, toshko‘mir, qurilish materiallari, sanoat mahsulotlari, don tashiladi. Ko‘llarning bir yillik yuk aylanmasi 200 mln. tonnadan oshadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin