Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə133/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Mezozoy burmalanish oblastlari. Mezozoy burmalanish oblastlari materikning shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy, janubiy qismlarini va Amur havzasini egallaydi. Bular Verxoyana-Chukotka, Amur burmalari va Janubi-Sharqiy Osiyo
burmalari tizimlaridan tashkil topgan. Bu oblastlar uzoq geologik davrlar mobaynida shakllangan. Materikning bu regionlarida kembriydan oldingi va kaledon burmalanishlarining qoldiqlari uchraydi. Gertsin burmalanishi ham o’z ta’sirini kuchliroq ko’rsatgan. Ammo, asosiy tog’ hosil bo’lish jarayoni bo’r davridagi yangi kimmeriy va lamariy tektonik harakatlari natijasida ro’y beradi. Verxoyana- Chukotka burmalari tizimi Sibirning shimoli-sharqida juda katta maydonni ishg’ol etib, uning tektonik rejimi murakkab bo’lgan. Kimmeriy harakatlari bu oblastning geosinklinal rejimiga yakun yasab, uning hududini dengiz sathidan yuqori ko’taradi. Oldingi zamin ustida Verxoyana-Kolima-Chukotka burmalari zonasi, Kolima o’rtaliq massivi, Oxota-Chaun vulkan yoylari tashkil topdi. Vulkan yoylari antiklinoriy va sinklinoriylardan iborat bo’lib, ular hozirgi rel’ef shakllarida o’zining aksini topgan.
Amur burmalari tizimi mezozoy va uchlamchi davrning dengiz hamda kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bu yerda kembriydan oldingi davr va paleozoy jinslari yer yuzasiga chiqib yotgan joylar bor. Turli yoshdagi vulkanik jinslar ham keng tarqalgan. Amur burmalari geologik jihatdan murakkab tuzilgan. Uning strukturalari antiklinoriylar, sinklinoriylar va tog’ oralig’i vodiylaridan iborat. Antiklinoriylar asosini Tukuringra, Jag’di, Bureya va boshqa tizmalar tashkil etadi. Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy qismlaridagi strukturalar Hindixitoyning katta qismi, Malakka yarim oroli, Tibet tog’ligining janubiy qismi, Qoraqurum tog’ tizmalari mezozoy burmalanishi natijasida barpo bo’lgan. Ular neogen-antropogen davrlarida faol tektonik harakatlarni boshdan kechirganligi tufayli yer yuzidagi eng baland tog’lar tizimi - Baland Osiyo ana shu zamin asosida vujudga kelgan.
Kaynozoy burmalanish oblastlari. Kaynozoy erasida eng so’nggi va yosh burmalanish - Al’p orogenizi sodir bo’lgan. Bu davrning harakatchan tog’ hosil bo’lish jarayoni yuqori proterozoy va paleozoy geosinklinal mintaqasida ro’y bergan. Al’p burmalanishining xarakterli xususiyati shundan iboratki, materik rel’efida keng tarqalgan asosiy strukturalar - baland tog’ tizimlari, tog’ tugunlari, tog’ massivlari va ulkan tog’liklar juda aniq ifodalangan. Bu strukturalar g’arbda Al’p tog’laridan boshlanib, sharqda Himolay tog’larigacha davom etadi va Al’p- Himolay mintaqasini tashkil etadi. Bu mintaqa tashqi va ichki zonalardan iborat. Kimmeriy burmalanishi asosan tashqi zonadagi Karpatoldi, Dashtli Qrim, Kavkazoldi va Kopetdog’oldi burmalarini vujudga keltirdi. Al’p bosqichida vujudga kelgan Al’poldi platosi, O’rta Dunay va Padan tekisliklari, Andaluz, Mesopotamiya hamda Hind-Gang pastekisliklari ham tashqi zona tarkibiga kiradi.
Al’p burmalanishi ichki zonaning strukturasini tashkil etuvchi Al’p-Karpat, Pireney tog’ tizimlari, Tog’li Qrim, Kichik Osiyo, Eron, Tibet tog’liklarini, Kavkaz, Kopetdog’, Oloy, Hinduqush, Himolay tog’ tizimlarini hamda ularni bir-biri bilan bog’lab turuvchi yirik tog’ tugunlarini - Armaniston tog’ligi, Pomir, Sharqiy Tibet va boshqalarni vujudga keltirdi. Al’p burmalanishi materikning sharqiy qismida, Tinch okean sohillarida ham yuz bergan. Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog’lari yoy shaklida cho’zilgan bo’lib, ular Koryak tog’ligi va Kamchatkadan boshlanib Filippin, Katta Zond orollarigacha davom etadi. Bu mintaqa uchun vulkanik orollar yoyi va chuqur okean cho’kmalari xarakterli. Sharqiy Osiyoning yosh burmali tog’
yoylari shimoldan janubga tomon uchta tarmoqni hosil qiladi: Koryak-Kamchatka- Kuril, Saxalin-Yapon orollari, Ryukyu-Tayvan-Filippin orollari.
Kamchatka yarim orolidagi meridian yo’nalgan sharqiy tizmalar tashqi antiklinoriyga, o’rta tizmalar ichki antiklinoriyga to’g’ri keladi. Bu tizmalar orasida Kamchatka vodiysi joylashgan. Xuddi shunday Saxalin orolida ham Sharqiy Saxalin va G’arbiy Saxalin tog’ tizmalari shu nomli antiklinoriylarga to’g’ri kelib, ularni Tim-Poronay vodiysi ajratib turadi. Umuman, Yevrosiyo materigining katta qismini egallab yotgan eng baland tog’ tizimlari, yirik tog’ massivlari, tog’liklari va tog’ tugunlari Al’p burmalanishining mahsuli hisoblanadi. Tektonik harakatlar Al’p- Himolay va Tinch okean mintaqalarida hozir ham faol davom etmoqda. Bu esa Al’p tog’ hosil bo’lishi jarayoni o’zining rivojlanish tarixini hozirgi kunda ham tugatmaganligidan darak beradi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin