Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə136/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Materik geologik tuzilishi haqida ma’lumot bering?

  2. Yevrosiyo rel’efi shakllanishida burmalanish bosqichlarining o’rni qanday?

  3. Materikda qaysi burmalanishlarda tekislik, tog’lik va botiqlarning shakllanishi yuzaga kelgan?

  4. Materikda yer qimirlash va vulkanlar haqida ma’lumot bering?



    1. YEVROSIYO MATERIGI REL’EFI




Tayanch so’z va iboralar: makrorel’ef tiplari, tekisliklar, pastekisliklar, yassi tog’liklar, tog’liklar, tog’ tizimlari, tog’oralig’i botiqlari, Xitoy platformasi, allyuvial yotqiziqlar.


Rel’efi. Yevrosiyoning murakkab geologik rivojlanish tarixi va tektonik tuzilishi materikning yer yuzasi tuzilishida va rel’ef shakllarida to’g’ridan-to’g’ri o’z aksini topgan. Yevrosiyo kontinenti uchun butun Yer yuzida ma’lum bo’lgan barcha tektonik strukturalar va rel’ef tiplari xarakterli. Uning dengiz sathidan o’rtacha balandligi 840 m. Materikning asosiy qismini yirik makrorel’ef tiplari - tekisliklar, pastekisliklar, yassi tog’liklar, tog’liklar, tog’ tizimlari va tog’oralig’i botiqlari tashkil etadi. Ular yoshi va genetik tipi jihatidan turli xil bo’lgan strukturalarga to’g’ri keladi. Keng tarqalgan va materikning katta-katta maydonlarini egallab yotgan makrorel’ef tiplari quyidagilar (Ilova, 15-rasm).
Tekisliklar va pastekisliklar. Yevrosiyo hududida boshqa materiklarga nisbatan bepoyon tekisliklar va pastekisliklar nihoyatda keng tarqalgan. Shimoliy Yevropa, O’rta Yevropa, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Sibir, Shimoliy Sibir, Buyuk Xitoy, Turon, Mesopotamiya, Hind-Gang pastekisliklari shular jumlasidandir. Bu eng katta tekislik va pastekisliklar zaminini turli geologik davrlarda vujudga kelgan platforma strukturalari tashkil etadi. Shuning uchun bu regionlarda tabaqalashgan kuchsiz tebranma harakatlar ro’y berib turadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin