Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə144/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Materik rel’ef tuzilishi haqida ma’lumot bering?

  2. Yevrosiyo rel’efi shakllanishida burmalanish bosqichlarining o’rni qanday?

  3. Materikda tekislik, tog’lik va botiqlarning shakllanishi haqida ma’lumot bering?

  4. Foydali qazilmalarning tarqalishining o’ziga xosligi nimada?



    1. YEVROSIYO MATERIGI IQLIMI




Tayanch so’z va iboralar: havo massalari, Mussonlar, quyosh radiasiyasi, siklon, antisiklon, atmosfera yog’inlari, harorat ko’rsatkichlari, Arktika, subarktika, mo’tadil, toropik, subtropik, subekvotorial, ekvotorial iqlim mintaqalari, iqlim tipi. Yevrosiyoning geografik o’rni, hududining kattaligi, g’arbiy va janubiy chekka qismlarining kuchli parchalanganligi, markaziy va sharqiy qismlarining yaxlitligi, asosiy qismining shimoliy qutb doirasi bilan ekvator oralig’ida joylashganligi, okean havzalarining ta’siri, murakkab orografik tuzilishi materikning iqlim xususiyatlarida va iqlim sharoitining nihoyat darajada xilma-xilligida muayyan o’z ifodasini topgan. Materikning keng tekisliklari, qirg’oq chiziqlarining kuchli kesilganligi, Atlantika okeani va Arktikadan keladigan havo massalarining ichki rayonlarga bemalol kirib borishiga imkon beradi. Yevrosiyoning sharqida Tinch okeandan keladigan musson havo massalariniig ta’siri bir muncha chegaralangan bo’lib, asosan qirg’oq, bo’ylarida namoyon bo’ladi. Mussonlar shimoliy kengliklarning ichki rayonlariga umuman ta’sir etmaydi. Chunki, bu regionda submeridian yo’nalishda cho’zilib yotgan tog’ tizmalari musson sirkulyasiyasini to’sib qolib ichki qismlarga kirib borishga imkon bermaydi. Biroq materikning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida musson havo massalari quruqlik ichkarisiga ancha kirib borib, aholining qishloq xo’jalik faoliyati uchun qulay imkoniyat vujudga keltiradi. Yevrosiyo hududi bo’ylab atmosfera yog’inlarining notekis taqsimlanishi havo massalarining takrorlanishiga, yo’nalishiga, havo frontlarining hosil bo’lishiga, yer yuzasining orografik tuzilishiga va boshqa omillarga bevosita bog’liq. Shuning uchun ayrim mintaqalarning dengiz iqlimi sektorida keng bargli subtropik, nam tropik o’rmonlar hukmronlik qilsa, ayrim mintaqalarning kontinental sektorida cho’llar, chala cho’llar va dashtlar hukmronlik qiladi. Yevrosiyo hududi ustida yil davomida arktika, mo’tadil va tropik havo massalari joyini o’zgartirib turadi. Materikning markaziy rayonlari uchun yoz oylarida isigan va qishda sovuq mo’tadil havoning ahamiyati katta, Janubi-G’arbiy va G’arbiy Osiyo ustida yil davomida tropik havo hukmronlik qiladi. Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga yoz paytida dengiz tropik havo massalari kirib kelib, nam tropik iqlimni shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Bulardan tashqari Yevrosiyo iqlimining shakllanishiga sovuq va iliq
dengiz oqimlari ham ta’sir ko’rsatadi.
Yil davomida keluvchi umumiy radiasiya miqdori Yevrosiyo hududida shimoldan janubga qarab o’zgarib boradi. Shimoliy rayonlarda va arktik orollarda yil davomida keluvchi umumiy radiasiya miqdori 1sm2 maydonda 60 kkal.ga yaqin, G’arbiy Yevropada 70 kkal.dan 140 kkal. gacha ko’payadi, Osiyoning janubiy va Sharqiy qismlarida 120-180 kkal.ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Arabiston yarim
orolida eng maksimal darajada bo’lib 200-220 kkal. gacha yetadi. Shuning uchun Arabiston bir yilda k e l a d i g a n umumiy radiasiya miqdori jihatidan Yer yuzida birinchi o’rinda turadi. Yillik radiasiya balansi ham Yevrosiyoda shimoldan janubga tomon keskin o’zgarib boradi. Materikning yuqori geografik kengliklarida radiasiya balansi 1 sm2 maydonda 10 kkal. dan qo’yi geografik kengliklarda 80 kkal. gacha o’zgaradi (Ilova, 16-rasm).
Qishda Yevrosiyo materigining kuchli sovub ketishi munosabati bilan Mongoliya ustida barqaror yuqori atmosfera bosimi markazi - Osiyo antisikloni shakllanadi. Uning bir tarmog’i shimoli sharq tomon yo’nalib Sharqiy Sibir antisiklonini vujudga keltiradi. Osiyo antisiklonining katta tarmog’i g’arb tomon yo’nalib, Qozog’istonning markaziy, Rossiya tekisligining janubiy, Dunaybo’yi pastekisligining o’rta polosasi bo’ylab, Fransiyaning janubiy qismigacha boradi. G’arbda esa, Azor maksimumining bir tarmog’i Yevropaning janubiy va markaziy rayonlariga ta’sir etib Osiyo antisikloni bilan tutashadi va materikning yuqori bosimli katta o’qini (Voeykov o’qi) hosil qiladi. Osiyo antisiklonining boshqa tarmoqlari Eron va Sharqiy Xitoygacha ham yetib boradi. Yoz oylarida isigan materik ustida past atmosfera bosimi vujudga keladi. Uning asosiy markazi O’rta Osiyodan janubda Eron va Hindiston yarim orolining shimoli-g’arbiy qismi hisoblanadi. Yozda havo massasining sirkulyasiyasi va atmosfera harakat markazlarining materikka nisbatan joylashishi ham kuchli o’zgaradi. Qishki Osiyo antisikloni yemirilib, uning o’rnini yozgi past atmosfera bosimi egallaydi. Azor maksimumi ham kuchsizlanib, O’rta dengiz va Old Osiyo o’lkalarida qurg’oqchil va issiq havo bilan almashinadi.
Janubiy Xitoyda, Hindiston va Hindixitoy yarim orollarida hamda Malay arxipelagida yozgi subekvatorial mussonlarning namoyon bo’lishi bu hududlarga juda ko’p namlik olib keladi. Ayniqsa tog’ tizmalarining okeandan keladigan nam havo massalariga ro’para turgan yon bag’irlariga juda katta miqdorda yog’in tushadi. Binobarin, materikning Yevropa qismida yozgi haroratning ko’tarilishi bilan siklonlar faoliyati kuchsizlanadi, quyoshli issiq kunlar boshlanadi, Osiyoning ichki qismlarida va Arabiston yarim orolida jazirama issiqlar uzoq davom etadi. Namlik Yevrosiyoning shimoliy qismida odatdagiday mo’tadil bo’ladi, O’rta dengiz atrofidagi o’lkalarda kamroq, Arabiston, O’rta va Markaziy Osiyo polosasi bo’ylab, to Gobi cho’llarigacha nihoyatda kam bo’ladi. Janubiy va Sharqiy Osiyoda musson yomg’irlari juda ko’p yog’adi.
Yevrosiyoda harorat rejimi juda xilma-xil bo’lib, shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon o’zgarib boradi. Materikning Yevropa qismida termik rejim asosan quyosh issiqligining zonal taqsimlanish qonuniyatiga to’g’ri keladi. Yoz oylarida iyulning o’rtacha harorati Fenoskandiyaning shimoliy qismida +10°S bo’lsa, Markaziy Yevropada +18°S, Fransiyaning janubida +20°S va Dunay tekisliklarida +22°S bo’ladi. Yevropaning eng issiq joylari O’rta dengiz atrofi va Rossiya tekisligining janubi-sharqiy qismi hisoblanadi. O’rta dengiz regionidagi yarim orollarning shimolida iyulning o’rtacha harorati +23°S dan janubida +26°S, Kaspiybo’yi pastekisligida +27°S ga yetadi. Tog’oralig’i botiqlarida esa +28°S ga ko’tariladi. Yeropaning qish oylarini termik rejimi sharoiti bevosita Atlantika
okeanidan va O’rta dengizdan keladigan iliq havo oqimiga bog’liq. Shuning uchun G’arbiy Yevropaning aksariyat qismida yanvarning o’rtacha harorati musbat bo’ladi. Bu yerda 0°S li izoterma 70° sh.k gacha ko’tariladi. U Skandinaviya yarim orolining g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab janubga meridional ravishda yo’nalib, Al’p tog’larining g’arbiy etaklarigacha keladi. Fransiyaning Atlantikabo’yi tekisliklarida va Britaniya orollarida yanvarning o’rtacha harorati +7°S. Sharqqa tomon harorat pasayib, Reyn vodiysida 0°S ni, Polshaning sharqiy qismida -3°S ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkichlar Kola yarim orolida -8°-10°S gacha va Sharqiy Yevropa tekisligining sharqiy qismida -16°-20°S gacha pasayadi. Eng yuqori qishki haroratlar Yevropaning O’rta dengiz hududlari uchun xarakterli. Yanvarning o’rtacha harorati janubiy yarim orollarning shimolida 0°S dan janubida +10°+12°S gacha ko’tariladi.
Evropaning katta hududi atmosfera yog’inlari bilan yaxshi ta’minlangan. Lekin yillik yog’in miqdori, taqsimlanishi va namlanish xarakteri ko’proq rel’efga bog’liq. O’rta Yevropa tekisligida o’rtacha 550-750 mm, Markaziy massivda 1000-1500 mm yog’in tushadi. Al’p, Pireney va Karpat tog’ tizmalarida namlik miqdori bir muncha ko’payib, ularning g’arbiy yon bag’irlarida 2000 mm dan ham oshagan holda, mumkin bo’lgan bug’lanish miqdori esa atigi 600-700 mm ni tashkil etadi. Yevropaning sharqiy va janubi-sharqiy qismlariga borgan sari yillik yog’in miqdori kamayib boradi. O’rta Dunay tekisligida 500 mm, Qo’yi Dunay tekisligida 300 mm va Kaspiybo’yi pastekisligida 200 mm atrofida yog’in yog’adi va mumkin bo’lgan bug’lanish miqdori esa 800 mm dan 900 mm gacha ko’payadi. Shuning uchun bu tekisliklarda atmosferada namlanish yetarli darajada emas. Yevropaning janubiy qismida maksimal yog’in qish mavsumiga tug’ri keladi, yoz oylari quruq bo’ladi. Pireney yarim orolining shimoli-sharqida, Shimoliy va Janubiy Apenninda 1500- 2000 mm yog’in yog’adi, Minor yassi tog’ligining g’arbiy qismida 5000 mm dan oshadi. Al’p tog’larining janubi-sharqiy yon bag’irlari genuya siklonlari ta’sirida bo’lganligi tufayli yillik yog’in miqdori 4000 mm dan kam bo’lmaydi. O’rta dengiz orollarida atmosfera yog’inlari 500-350 mm ga kamayadi.
Materik Osiyo qismining iqlimi Yevropa iqlimidan nihoyatda xilma-xilligi bilan farq qiladi. Bunga sabab Osiyo hududining arktika kengliklaridan ekvatorial kengliklargacha cho’zilganligi, maydonining kattaligi, tog’ rel’efining keng tarqalganligi va boshqalar. Osiyo iqlimining shakllanishida okeanlarga nisbatan quruqlikning ta’siri juda katta. Hududining kattaligi, yaxlitligi, balandligi, tog’-botiq rel’efi yoz va qish mavsumlarida kontinental havo massalarining shakllanishiga sharoit yaratadi. Osiyoda dengiz iqlimiga nisbatan ko’proq kontinental iqlim tiplari hukmronlik qiladi. Qishda manfiy radiasiya balansi G’arbiy Yevropada 70°sh.k. dan shimolroqda kuzatilsa, Osiyoning sharqida 35° sh.k. dan shimolda kuzatiladi. Bu regionda 0°S li izotermaning janub tomon siljishiga sabab Osiyo iqlimining shakllanishida Osiyo antisikloni (Mongoliya va Sibir maksimumi) ning ta’sir doirasi kattaligidadir. Yanvarning o’rtacha harorati Sibirda -50°S dan janubda ekvatorial yoni o’lkalarida +25°S gacha o’zgaradi. Osiyoning eng sovuq joylari Sibir o’lkalari, ayniqsa Sibirning shimoli-sharqiy rayonlari bo’lib, eng past harorat Verxoyansk va Oymyakonda kuzatilgan. Bu rayonlarda yanvarning o’rtacha harorati -50°S ga teng.
Mutloq minimal harorat -71°S Oymyakonda kuzatilgan. Shuning uchun bu joy shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi deb ataladi. Yanvarning o’rtacha harorati janubga borgan sari musbat bo’la boradi va O’rta Osiyoning janubida +2°+4°S ni, Kavkaz o’lkasining janubida +6°+7oS ni, ekvatorial rayonlarda esa +24°+25°S ni tashkil etadi. Ekvatorial rayonlar uchun +22°+24°S atrofidagi minimal harorat xarakterlidir. Biroq ba’zida harorat +18° S gacha ham pasayadi. Markaziy Osiyo tog’larida va boshqa tog’li o’lkalarda yilning sovuq paytlarida harorat invertsiyasi vujudga keladi. Bu hodisa ayniqsa tog’oralig’i botiqlarida va vodiylarda keng tarqalgan bo’lib, ularning tagida sovuq havo to’planib uzoqroq saqlanadi.
Materikning Osiyo qismida Yevropaga nisbatan yog’in kam bo’ladigan hududlar ko’pchilikni tashkil etadi. Yevrosiyo hududiga Shimoliy Muz okeanidan sovuq Arktika havosi, Atlantika va Tinch okeanlaridan mo’tadil kengliklarning dengiz havosi va janubdan tropik havosi kirib keladi. Bu havo massalari bir butun, yaxlit va katta hajmdagi Osiyoning ichki qismlariga kelishda kuchli transformasiyalashib, mo’tadil kengliklarning kontinental havo massasiga aylanadi. Shuning uchun materikning ichki kontinental iqlimli qismlarida yog’in juda kam bo’ladi. Yevropa hududidagi o’rtacha yog’in miqdoridan bir muncha ko’p yomg’ir yog’adi. Osiyoning shimolida, G’arbiy, O’rta va Sharqiy Sibirda o’rtacha yillik yog’in miqdori 250-400 mm ni, Old, O’rta va Markaziy Osiyo cho’llarida 150-200 mm ni, Arabiston cho’llarida 100 mm ni, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning shamolga ro’para tog’ yon bag’irlarida 2000-4000 mm ni tashkil etadi. Ekvatorial mintaqada yiliga 2000 mm yog’in tushadi. Barcha materiklar ichida eng ko’p yomg’ir yog’adigan joy ham Yevrosiyo hududida joylashgan. Himolay tog’larining janubi-sharqiy etagida Shillong platosining 1300 m balandligida joylashgan Cherrapunja meteostansiyasining ma’lumotiga ko’ra, bu yerda yiliga o’rtacha 12 665 mm yog’in yog’adi. 1856 yilda shu joyga 22 900 mm yomg’ir yoqqan. Gavay orolidagi Ueyelyali tog’ tepasiga tushadigan o’rtacha yillik yog’in miqdori Cherrapunjada yog’adigan yog’in miqdoridan ko’p bo’lib, 14 400 mm ni tashkil etadi.
Umuman Osiyo hududi uchun atmosfera yog’inlarining geografik taqsimlanishida keskin darajadagi xilma-xillik xarakterli. Materikning eng quruq joylarida namlanish seryomg’ir joylarga nisbatan 220 marta kam. Namlik ko’p bo’ladigan joylar bilan qurg’oqchil joylar tabiatda ko’pincha bir-biriga yonma-yon joylashib, ularni orografik to’siqlar ajratib turadi. Yog’in Yevrosiyoning shimolida asosan yomg’ir va qor shaklida, janubida yomg’ir shaklida yog’adi. Yevrosiyo tog’larida va tog’ tizimlarida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo’yicha ham o’zgaradi. Balandlik iqlim mintaqalari Al’p, Karpat, Kavkaz, Tyanshan, Hinduqush, Himolay, Kunlun kabi tog’ tizmalarida ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Bu tog’ tizmalarida balandlikka ko’tarilgan sari havo harorati va bosimi pasayib, yog’in miqdori orta boradi. Tibet va Pomir tog’liklaridagi iqlim baland tog’ iqlimi bo’lib, ular yozining issiqligi, qishining qattiq sovuqligi va atmosfera yog’inlarining juda kam yog’ishi bilan xarakterlanadi (Ilova, 16-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin