Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə152/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Musson yomg’irlaridan to’yinib yozda toshib oqadigan daryolar. Musson tipidagi daryolar materikning Sharqiy, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo o’lkalari uchun xarakterli. Bu daryolar musson yomg’irlaridan to’yinib, yoz mavsumida toshib oqadi. Ayniqsa, maksimal oqim yozning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelib, kuchli toshqinlar tez-tez takrorlanib turadi.

  • Bahorda to’lib va yozda toshib oqadigan daryolar. Shimoli-sharqiy Sibir o’lkasidagi daryolar qishning boshlanishi bilan to’yinish manbalardan mahrum bo’ladi. Hatto bu o’lkada ko’p yillik muzloq yerlar keng tarqalganligi sababli daryolar qishda yer osti suvlaridan ham to’yina olmaydi. Kichik daryolar (Anabar, Yana, Indigirka va boshqa) qattiq sovuq tufayli o’zanining tagigacha muzlab qoladi. Bahorda qor qoplamining erishidan to’yinib daryolar to’lib oqsa, yozda muzloq yerlarning erishidan to’yinib toshib oqadi.

  • Yomg’irlardan to’yinib vaqti-vaqti bilan to’lib oqadigan daryolar. Markaziy massiv, Karpat, Tog’li Qrim, Kavkaz ortidagidaryolarda davomli kuchli suv toshqinlari kuzatilmaydi. Lekin yil davomida vaqti-vaqti bilan yog’ib turadigan jalalar tufayli bu daryolarda qisqa muddatli toshqinlar takrorlanib turadi. Hatto qishning iliq kunlarida ham kuchli yomg’ir yog’ib, toshqinlar sodir bo’ladi.

  • Yomg’irlardan to’yinib yil davomida to’lib oqadigan daryolar. Gidrologik rejimining ekvatorial tipidagi daryolar Malakka yarim orolining janubiy qismi va Malay arxipelagidagi orollar uchun xarakterli. Bu mintaqada oqim yil bo’yi bir tekisda taqsimlangan. Daryolar yomg’irlardan to’yinib doim to’lib oqadi. Maksimal oylik suv sarfi minimal oylik suv sarfidan 2-5 marta ko’proq. Paxang, Perak (Malakka yarim oroli), Inderagiri (Sumatra oroli), Kapuas (Kalimantan oroli) va boshqalar ekvatorial tipdagi daryolarga yaqqol misoldir.


    Yüklə 53,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   282




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin