Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə160/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Subtropik o’simliklar. Subtropik o’simliklar Pireney, Apennin va Bolqon yarim orollarida, Kichik Osiyo va Eronda, Qrimning janubiy sohilida, Zakavkazening Qora dengiz qirg’oqlarida, Tolish tog’lari va Lenkoran pastekisligida, Sharqiy Osiyoning janubiy qismida, O’rta dengizdagi orollarda keng tarqalgan. Bu regionlarning iqlimi doimiy yashil nam o’rmonlar va O’rta dengiz kserofil florasining o’sishi uchun juda qulay. Subtropik o’simliklar O’rta dengiz o’simliklari tipidan va doimiy yashil nam subtropik o’rmon o’simlik tipidan tashkil topgan. Subtropiklarda boshqa materik va qit’alardan keltirilgan, iqlimga moslashtirilgan o’simliklar ham ko’p.
Nam tropik o’rmonlar. Hindixitoy yarim orolida, Himolay va G’arbiy Gat tog’larining sernam yonbag’irlarida, Malakka yarim orolida, Shri-Lankaning janubi- g’arbida, Zond orollari va Filippin arxipelagida nam tropik o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, Janubi-Sharqiy Osiyoning nam tropik o’rmonlari o’simlik turlariga nihoyatda boy. Birgina pal’malarning 300 ga yaqin turi uchraydi. Bu yerda baland tanali pal’malardan tortib, uzunligi 300 m gacha yetadigan chirmashib o’sadigan palma-lianalargacha (rotang palmasi) mavjud (Ilova, 17-rasm).
Hayvonot dunyosi. Hayvonot dunyo geografik mihitning harakatchan komponenti hisoblanadi. Lekin hayvonlarning harakatchanligi nihoyatda shartli bo’lib, uning geografik tarqalishi muayyan tabiiy sharoit, landshaft zonalari va o’lkalari bilan chambarchas bog’liq. Shuning uchun ham Yevrosiyoning fauna kompleksi hududi flora kompleksiga o’xshash shimoldan janubga va tekisliklardan tog’larga qarab boyib boradi. Hayvonlarning relikt va endemik turlari ham tekisliklarga nisbatan tog’li o’lkalarda ko’p uchraydi.
Yer sharining zoogegrafik rayonlashtirish sxemasiga ko’ra, Yevrosiyo hududining Shimoliy katta qismi Golarktika zoogeografik oblastiga, janubiy kichikroq qismi Hind-Malay va Efiopiya zoogeografik oblastiga qaraydi. Golarktika zoogeografik oblastining turli qismlarida tabiiyki, hayvonot olami bir xil emas. Shuning uchun bu oblast landshaft-faunistik printsipga asosan quyidagi kichik zoogeografik oblastlarga bo’lingan: Arktika, Yevropa-Sibir, O’rta dengiz, Markaziy
Osiyo va Xitoy-Himolay. Hind-Malay zoogeografik oblastiga materikning Hindiston va Hindixitoy yarim orollari hamda Tayvan, Filippin, Zond orollari qaraydi. Bu oblast ikkita kichik zoogeografik oblastga bo’linadi: Hind-Xitoy va Malay. Efiopiya zoogeografik oblastiga Arabiston yarim orolining janubiy qismi kiradi va Afrikaning katta qismi bilan birgalikda Sharqiy Afrika kichik zoogeografik oblastini tashkil etadi.
Mezozoyning oxirida Yevrosiyoning barcha regionlari turli xil faunalarning shakllanish markazi bo’lib, xaltali sutemizuvchilar, ilonlar, toshbaqalar keng tarqalgan. Platsentar sut emizuvchilarning, ayniqsa yirtqich hayvonlrning paydo bo’lishi bilan quyi sut emizuvchilar janubga, Afrika va Avstraliya tomon chekinishadi. Ularning o’rnini xartumlilar, yovvoyi tuyalar, yovvoyi otlar, karkidonlar egallaydi. Bu turdagi hayvonlar kaynozoyda Yevrosiyoning katta qismida ko’pchilikni tashkil etgan. Yevrosiyo materigining hozirgi fauna kompleksi kaynozoy erasining paleogen va neogen davrlaridan boshlab xilma-xil tabiiy geografik sharoitga ega bo’lgan landshaft zonalarining rivojlanishi bilan vujudga kela boshlagan. Neogenning oxiriga kelib materikning o’simlik va hayvonot dunyosida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan. Iqlimning sovushi va muz qoplamining hosil bo’lishi geografik muhitni, tabiiy sharoitni va hayvonlar ekologiyasini keskin o’zgartirib yuborgan. Tropik va subtropik iqlimga moslashgan ko’pgina hayvonlar qirilib ketib, ularning o’rnini sovuqqa chidamli hayvonlar egallay boshlagan. Neogenga qadar va hatto neogen davrida ham materikning arktika va mo’tadil kengliklarida tropik va subtropiklarga xos hayvonlar - gipparionlar, tapirlar, jirafalar, qilich tishli yo’lbarslar yashagan. Ammo materik muzligi Yevrosiyoning hayvonot olamiga kuchli talofat keltirgan deb qarash kerak emas. Chunki, fauna kompleksining taraqqiyot tarixidagi o’zgarishi ozmi-ko’pmi asta-sekinlik bilan bitta fauna kompleksi ikkinchi fauna kompleksi bilan almashinib borgan. V.I.Gromov hayvonot olamining antropogen davridagi rivojlanish tarixini tahlil qilib, Rossiya hududida va unga qo’shni bo’lgan o’lkalarda fauna kompleksi quyidagi tartibda birin-ketin almashingan degan xulosaga keladi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin