Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə165/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Islandiya. Atlantika okeanining shimoliy qismida, shimoliy qutb doirasi bilan 63°25 sh.k. orasida, maydoni 103 ming km2 ni tashkil qiladi. Islandiya tabiati vulqonlarning intensiv harakati, hozirgi zamon muzlanishi va sernam sovuq dengiz iqlimining birgalikdagi ta’siri natijasida o’ziga xosdir. Islandiya vulkanik orol bo’lib, butunlay qadimgi, yosh va hozirgi vulqon jinslaridan tarkib topgan. Orollar zamini to’q tusli bazalt lavalari qatlamlaridan tuzilgan, bu qatlamlar neogenda ko’tarilgan va yoriqlar hosil bo’lgan, bunda yer yoriqlari bo’ylab yangi vulqon mahsulotlari oqib chiqqan. Islandiya hozirgi vaqtda Yer sharidagi eng aktiv vulkanik hududlardan biri bo’lib, bu yerda vulqonlar harakatining barcha ko’rinishlari vulqonlar, issiq suv hamda gazlarning otilib chiqishi va hatto yangi vulqonlarning paydo bo’lishini kuzatish mumkin. Orol rel’efi asosan tog’li bo’lib,
pastekisliklar yer yuzasining 1/3 qismidan kamrog’ini egallagan. Islandiya orolining katta qismi balandligi 400-600 m li bazalt platodan iborat, bu plato dengizga tomon tik yonbag’ir hosil qilib tushadi. Janub va janubi-sharqda bazalt platosini chuqur tektonik yoriqlar kesib o’tgan, bu tektonik yoriqlar chekkasi bo’ylab bir qancha vulqon konuslari joylashgan. Islandiyaning eng katta massivlari va uning yaqinida joylashgan Erayvayyokudl massividagi Xvandalsxnukur vulqoni Islandiyaning eng baland cho’qqisi (2219 m) hisoblanadi. Janubiy sohil yaqinida Mirdalsyokudl (1600 m), orolning markaziy qismida Xovsyokudl (1700 m) va boshqa massivlar joylashgan. Massivlarning eng baland cho’qqilari harakatdagi yoki so’ngan vulqonlardan iborat. Oroldagi 140 ta vulqondan 26 tasi harakatdagi vulqonlar hisoblanadi. Orolning janubi-g’arbiy qismida Islandiyaning eng aktiv vulqoni Gekla (1447 m) qad ko’targan. Islandiyaning baland massivlari firn muzliklar bilan qoplangan, hozirgi muzlanishning umumiy maydoni 12 000 km2 ga yaqin bo’lib, buning 8500 km2 qismi Vatnayyokudl massividagi juda katta muzlikka to’g’ri keladi. Vulqonlar bilan bog’liq holda gaz, issiq buloq va geyzerlar otilib chiqadi. Islandiyaning Atlantika okeanida qishda tarkib topadigan bosim depressiyasi markazida joylashgan orol ekanligi uning iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Iliq oqimning ta’siri qishda kuchli, orolning janubiy va janubi-g’arbiy qismida eng sovuq oyning o’rtacha harorati + 2° +3°S bo’ladi. Yog’inlar janub va janubi-g’arbda 1000 mm, baland massivlarning yonbag’rida 3000 mm ga yetadi (Ilova, 22-rasm).
Orolning daryolari muzliklardan to’yinadi, ular juda sersuv, zinapoyasimon platolarni kesib o’tadi va ko’plab ostonalar hosil qiladi. Eng katta daryolar Toursau (210 km) va Xvitau (180 km) ham ostona hamda sharsharalarning ko’pligi (50 m) va suv rejimi beqaror. Islandiya o’simliklari asosan mox va lishaynik, erika, chernika va brusnika butachalaridan iborat. Orolda daraxtlar juda kam, ular podzol tuproqlarda o’suvchi, pakana qayin, butasimon tol, ryabina va archalardan iborat. Islandiyada materikdan keltirilgan va yovvoyilashib ketgan shimol bug’usi, qutb tulkisi, islandiya sichqoni uchraydi. Ichki suv havzalarining qirg’oqlarida va dengiz bo’ylarida juda ko’p miqdorda suv qushlari yashaydi .

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin