Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə168/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Ural tog’ligi. Ural tabiiy-geografik o’lkasi o’zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Eng asosiylaridan biri Ural tog’lari ikki qit’a orasida chegara
vazifasini o’taydi. Ural tog’lari shimolda Kara dengizi qirg’oqlaridan meridional yo’nalishda 2000 km dan ortiq masofaga cho’zilgan. Mug’ojar tog’lari ham tektonik va geomorfologik jihatdan Ural tog’larining janubiy davomi hisoblanadi. Ural tog’lari shimoliy qutbiy doirada kengligi 50 km bo’lsa, janubda uning kengligi 150 km ni tashkil etadi. Ural tog’lari shimoldan janubga tomon Yevrosiyo materigining tundra, o’rmon-tundra, o’rmon, o’rmon-dasht va dasht zonalarini kesib o’tadi.
Ural-geologik tuzilishi va rel’efi jihatidan murakkab tog’ tizimi bo’lib, tog’ning mutloq balandligi va gorizontal bo’linishidan kelib chiqib, quyidagi orografik qismlarga ajaratiladi:

  1. Pay-Xoy balandligi. Bu balandlik Yugar shar bo’g’izi bilan Kara daryosi vodiysida joylashgan. Mutloq balandligi 400-450 m ni tashkil etadi.

  2. Qutbiy Ural - Konstantinov Kamen tog’idan boshlanib, Xulta daryosigacha davom etadi. Ayrim balandliklar 1200-1400 m gacha yetadi. Qutbiy Ural kengligi katta qismda 20-30 km dan oshmaydi. Pay Yer tog’i 1500 m gacha ko’tarilgan.

  3. Qutbyoni Ural tog’i - Ural tog’ tizimining eng baland qismi hisoblanadi. Xulga va Shugora daryolari vodiysi oralig’ida joylashgan. Bu qismda Ural tog’ining eng baland joyi Narodniya tog’i (1894 m) joylashgan.

  4. Shimoliy Ural - Shugora daryosi vodiysidan Kachkanar tog’larigacha davom etadi. Bu qismning eng baland qismi 1500 m ga to’g’ri keladi.

  5. O’rta Ural - Kachkanar va Yurma tog’lari oralig’ida va Ural tog’ tizimining ancha pasaygan qismi bo’lib, maksimal balandligi 1000 m dan past.

  6. Janubiy Ural - Yurma tog’idan Ural daryosi vodiysigacha cho’zilgan. Bir nechta tizmalaridan iborat bo’lib, balandliklar 1200-1600 m gacha yetadi.

  7. Mug’ojar tog’lari - Ural tog’larining janubiy qismi hisoblanadi. Ural daryosidan Qozog’istonning shimolidagi chala cho’llargacha 450 km masofaga cho’zilgan, maksimal balandligi 650 m ga yaqin.

Ural tog’larida balandlik landshaft mintaqalari shakllangan. Rel’efiga ko’ra Uralni 3 qismga: g’arbiy yonbag’ir, markaziy tog’li qism va sharqiy yonbag’irlarga ajraladi. Ural tog’lari turli xil foydali qazilmalarga boy bo’lib, turli geologik yoshga mansub bo’lgan tog’ jinslari va ular bilan bog’liq turli-tuman foydali qazilmalar kristalli slaneslar, magmatik va cho’kindi jinslar mavjud. Ural tog’larining meridional bo’ylab uzoq masofaga cho’zilganligi, uning ayrim qismlarida iqlimining turlicha bo’lishiga sabab bo’lgan. O’lkani subartktika va mo’tadil iqlim mintaqalari kesib o’tadi. Shimoliy va janubiy hududlar iqlimi o’rtasidagi asosiy farqlar shimoldan janubga borgan sari yal’pi quyosh radiasiyasining ortib borishi bilan farqlanadi. O’lka iqlimining shakllanishida g’arbdan Atlantika okeanidan, shimoldan Arktika havo massalari keltiradigan siklonlar ta’sir ko’rsatadi. O’rta Uralda sovuqsiz kunlar 86-108 kun, janubiy Uralda esa 119 kungacha yetadi. Ural daryolarining to’yinishida qor va yomg’ir suvlari asosiy o’rinda turadi. Barcha daryolar bahorda sersuv bo’lib, yil fasllari bo’yicha suv sathida sarfi keskin ko’llar tektonik soyliklarda, shimolda qadimgi muzlik hosil qilgan chuqurlarda va morenalar to’sib qolgan vodiylarda joylashgan.
O’lkaning tekisliklarga tutash qismlarida zonal tuproqlari, tog’larda tog’- arktika va tog’-tundra tuproqlari ajratiladi. Tundra tuproqlari mavjud yerlarda
botqoq tuproqlar keng tarqalgan. Ko’p yillik muzloq maydonlar ham uchraydi. Ural tog’lari tundra, o’rmon zonalarini kesib dashtlar zonasiga kirib boradi. O’lkada mox, lishayniklar, yagel, brusnika, Sibir yeli, qayin, kedr, olxa, pixta va boshqa o’simlik turlari o’sadi. Ural o’lkasi florasi 1600 turdan iborat, 25 ta endemik tur mavjud. Hayvonot olami juda boy, mo’yna beruvchi hayvonlar keng tarqalgan.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin